Ekspert: “Har kimdan ham smartfon sotib olmang!”

Ekspert: “Har kimdan ham smartfon sotib olmang!”

Android smartfon foydalanuvchilarining eng katta tashvishi, bu — virus, shunday emasmi? Ha, bu operatsion tizimi virus hujumiga ko‘pincha ojiz qoladi. Ammo, bugun ba’zi smartfonlar qadoqni ichidayoq virus bilan xaridorga yetib bormoqda. Hali biror saytga kirmasingizdan smartfonda virus mavjud bo‘ladi.

Ekspertlar yap-yangi smartfonlarda 38 turdagi Android qurilmalarga mo‘ljallangan zararli viruslarni aniqlashdi. Bu dasturlar orqali hakkerlar foydalanuvchining har qadamini kuzatishga erishadilar. Samsung, LG, Xiaomi, Asus, Nexus, Oppo hamda Lenovo brendlarining turli modellari ana shunday viruslar o‘rnatilgan holda sotuvga chiqarilmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, bu o‘rnatilgan viruslar foydalanuvchining maxfiy so‘zlari, bank hisob raqamlari va ularning elektron kalitlarini o‘g‘irlash, smartfonga xohlagan dasturni o‘rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu kabi viruslar manzilni aniqlashi, kamera orqali kuzatish, boshqa raqamlarga soxta xatlarni yuborish imkonini beradi.

Ekspertlarning tasdiqlashlaricha, bu viruslar 2-qo‘l, ya’ni onlayn do‘konlar yoki xaridor ko‘rinishidagi hakkerlar tomonidan o‘rnatilmoqda. Hozircha bunday viruslar o‘rnatilgan Galaxy Note 2, 3, 4 va 5, Galaxy S7, LG G4, Xiaomi Mi 4i kabi smartfon modellari aniqlangan. Shu tufayli ham, ekspertlar smartfonni faqat do‘kondan, ishonchli savdo majmuasidan xarid qilish kerakligini ta’kidlashmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!