«Elektron hukumat» markazi va The Bridgesoft Inc. hamkorlik memorandumini imzoladi

«Elektron hukumat» markazi va The Bridgesoft Inc. hamkorlik memorandumini imzoladi

«Elektron hukumat» markazi va Janubiy Koreyaning The Bridgesoft Inc. kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily’ga asoslanib Daryo.Uz xabar bermoqda.

Mazkur hujjat doirasida tomonlar Groupware dasturiy ta’minoti bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshiradi.

Tomonlar ushbu memorandum doirasida «O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumati uchun Tizimni boshqarish jarayoni» loyihasini amalga oshiradi. Loyiha Koreya Respublikasi axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Milliy agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekiston hukumati hujjatlarini boshqarishda samarali muhit va samaradorlikni yo‘lga qo‘yish orqali shaffoflik, unumdorlik va imkoniyatlarni oshirish va lozim darajadagi boshqaruvga erishishdan iborat.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!