Elephone yangi smartfoni uchun «cheksiz displey» yaratdi!

  •   DiMaX
  •  1713
  •  04.11.2017 11:35

Elephone yangi smartfoni uchun «cheksiz displey» yaratdi!

Xitoylik smartfonsoz – Elephone kompaniyasi o‘zining yangi S9 modeli uchun «cheksiz displey» (Infinity Display) yaratdi. Bu haqda kompaniya o‘zining VKontakte tarmog‘idagi hamjamiyatida ma’lum qilgan.

Shu tariqa, Samsung’dan keyin Elephone kompaniyasi nafaqat qayrilma, balki haqiqiy romsiz ekran yarata olgan ikkinchi ishlab chiqaruvchi bo‘ldi.

O‘QING: Apple «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyapti

VKontakte tarmog‘idagi Elephone hamjamiyatida aytilishicha, bu displeyning ishlab chiqilishiga juda ko‘p vaqt sarf etilgan. Muhandislar toki yangi ekrandan ko‘ngillari to‘lmagunicha ishni davom ettirishgan.

O‘QING: Apple qayishqoq ekran uchun patent olgani, uning tafsilotlari fosh bo‘ldi

Kompaniya yaqin orada mazkur innovatsiyaning videosini birinchi bo‘lib VKontakte tarmog‘idagi shu guruhiga qo‘yishga va’da bergan. Mazkur yangilikdan birinchilar qatorida bahramand bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!