Elon Mask Marsni termoyadroviy bombalar yordamida «isitish»ni taklif qildi

Elon Mask Marsni termoyadroviy bombalar yordamida «isitish»ni taklif qildi

Tesla va SpaceX rahbari Elon Maskning fikricha, Marsni bir necha yo‘l bilan mustamlaka qilish mumkin, biroq bu yo‘llar ichida eng tezkori — termoyadroviy bombalarni qo‘llashdir. Motherboard xabariga ko‘ra, u bu haqda Stiven Kolberning Late Show yumoristik teledasturida aytib o‘tgan.

Intervyu davomida boshlovchi Stiven Kolber Maskning «superyovuz» ekanligini ta’kidladi, Maskning o‘zi buni rad etib, shunchaki «foydali ishlar» qilmoqchi ekanligini aytib o‘tdi. Bunga dalil sifatida ishbilarmon, hozircha yashashga yaroqsiz bo‘lsa-da, Mars sayyorasini mustamlakaga aylantirish bo‘yicha o‘z rejalarini aytib o‘tdi.

«Mars mehmonlarni juda ham yomon ko‘radi, bu haqiqat. Bu ta’mirlanishi kerak bo‘lgan sayyoradir. Dastlab shaffof gumbazlar ostida yashashga to‘g‘ri keladi, biroq keyinchalik uni Yerga o‘xshash sayyoraga aylantirish mumkin», — dedi Elon Mask.

mars_gallery_habitat_8

Sayyorani qanday qilib o‘zgartirish mumkinligi haqidagi savolga Mask voqealarning ikki xil rivojini keltirdi — tezkor va sekin. «Tezkor yo‘l — Marsning qutblariga termoyadroviy bombalar tashlash kerak. Sekin yo‘l — Yerda qanday qilib issiqxona gazlarini chiqargan bo‘lsak, shu ishni u yerda takrorlash kerak». SpaceX rahbari, shuningdek, Marsni mikroblar bilan to‘ldirish kabi boshqa variantlarni ham aytib o‘tdi.

Maskning biografiyasi muallifi Eshli Vens qizil sayyorani egallash uchun «biologik transportatsiya»dan foydalanish rejalari haqida yozgandi. Unga ko‘ra, jonivorlar, o‘simliklar va odamlarning genetik kodlari Yerdan Marsga uzatiladi va shu asosda 3D-bioprinter asosida flora va fauna «chop etiladi».

Marsni egallash bo‘yicha Maskning loyihasi hech bir jihati bilan yangilik emas, biroq tadbirkor muntazam ravishda o‘z rejasining yangi tafsilotlarini ma’lum qilib boradi. Fevral oyida SpaceX rahbari mazkur mavzuga atab butun bir kitob yozmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Mask 2015 yilning oxiriga qadar astronavtlar Mars parvozlarida foydalaniladigan Mars Colonial Transporter kosmik kemasi va skafandrlarni namoyish etishga va’da bergan. Shuningdek, yanvar oyida u Yerni Mars bilan bog‘laydigan yo‘ldoshli internet tizimini ishlab chiqish rejalarini e’lon qilgandi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!