Endi texnik yordam xizmatlari 180 soniya ichida javob berishga majbur!

  •   DiMaX
  •  1332
  •  08.02.2018 11:20

Endi texnik yordam xizmatlari 180 soniya ichida javob berishga majbur!

O‘zbekistonda ilk bor «Telekommunikatsiya tarmoqlari. Ma’lumotlar yetkazish xizmatlarining ko‘rsatkichlari va sifat me’yorlari» davlat standarti qabul qilindi.

O‘QING: Bugun o‘tgan yig‘ilishda Prezident O‘zbekistonda internet tezligini 4 barobarga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Ushbu hujjat ma’lumotlar yetkazish xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari va sifat me’yorlarini hamda uni baholash usullarini belgilaydi. Standart tomonidan qo‘yilgan talablar telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari uchun ma’lumotlar yetkazish xizmatini amalga oshirish jarayonida majburiy sanaladi.

Jumladan, o‘z vaqtidan ilgari uzilishlar bilan tugovchi bog‘lanishlar ulushi umumiy bog‘lanishlar miqdorining 2 foizidan oshmasligi lozim. Ma’lumotlar yetkazish tezligi koeffitsiyenti shartnomada qayd etilgan tezlikning 70 foizidan kam bo‘lmasligi zarur.

Operatorning texnik yordam xizmatining javobi (aloqaga chiqishi) 180 soniyadan oshmasligi lozim. Ma’lumotlar yetkazish tarmog‘iga qayta ulanish vaqti esa 10 soatdan kam bo‘lishi kerak. Telefon orqali texnik yordam xizmatining mavjudligi koyeffitsiyenti ushbu xizmat umumiy miqdorining 85 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Mazkur standart «UNICON.UZ» DUK tomonidan xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2018 yil 10 martdan amal qiladi.

O‘QING: Mobil operatorlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlari qanaqa?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!