Eng kuchli Snapdragon 835 protsessorili yana bir smartfon taqdim qilindi

Eng kuchli Snapdragon 835 protsessorili yana bir smartfon taqdim qilindi

Sharp 20 aprel kuni o‘z yurti — Yaponiyada 5.3 dyuymli Aquos R nomli smartfonini taqdim qildi. Mobil aloqa vositasi jozibador dizayn va ilg‘or jihatlarga ega. Aquos R korpusi metall va shisha uyg‘unligida tayyorlangan. U kumush va qora rangli talqinlarda ishlab chiqariladi. Smartfon suv hamda chang ta’siridan himoyalangan korpus bilan ta’minlangan.

Sharp Aquos R smartfonining eng muhim xususiyati — unda ayni paytda jahonning eng peshqadam Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgani. 64 bit tezlikda ishlaydigan bu chipda 8 ta yadro faoliyat ko‘rsatadi. Devaysdagi grafik-tasvirni qayta ishlashga Adreno 540 video-kartasi mas’ul. Telefon apparatining tezkor xotira sig‘imi 4 GB, doimiy xotirasi 64 GB. Xotirani kengaytirish mumkin.

Aquos R gadjetida QHD (2560 x 1440 pikselli, har dyuymda 554 belgi!) sig‘imli yuqori darajalai ekran tanlangan. Unda HDR10 kengaytirilgan dinamik diapazoni joriy qilingan va ekrandagi kadr almashinuvi chastotasi sekundiga 120 Gs.ni tashkil qiladi.

Elektr toki sig‘imi 3,160 mA soat bo‘lgan akkumulyatorni Quick Charge 3.0 texnologiyasi yordamida tezkor quvvatlash mumkin. Uning uchun maxsus ixcham quvvatlash stansiyasi ham yaratilgan. Robokuru nomli dok-stansiya kamera va mikrofonga ega bo‘lib, foydalanuvchini topib u tomonga qayriladi, shuningdek unga smartfonni quvvatlash bo‘yicha ovozli buyruq berish ham mumkin.

Kamera qismiga yuzlansak, bosh kamera uchun 22.6 megapikselli modul tanlangan. Uning optik pribor f/1.9 standartiga ega hamda avtofokus, optik barqarorlashtirish, LED fotochaqnoq bilan ta’minlangan. Old kamera esa 16 MP sensor tanlangan. Bu kamera keng burchak ostida surat olishga mo‘ljallangan.

Sharp Aquos R smartfoni Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Bu tizimda EMOP nomli “sun’iy aql” yordamchi tizimi bo‘lib, “Hello Emop” deyishingiz bilan bu tizim sizning savollaringizga javob bera boshlaydi. Misol uchun, bu sun’iy aql tizimi foydalanuvchining geografik joylashgan makonini o‘zi mustaqil biladi va u yerdagi yangiliklar, ob-havo ma’lumotlari bilan tanishtiradi.

2 ta SIM-kartali smartfon aloqaning WiFi ac, 3G, LTE, Bluetooth 5.0, GPS, A GPS tarmoqlarida ishlaydi. Shuningdek, unda barmoq izlarik skaneri, USB Type C turidagi universal port mavjud.

Sharp Aquos R o‘lchamlari: 153 x 74 x 8.7 mm. Narx-navo masalasida yaponiyalik ishlab chiqaruvchi biror ma’lumotni taqdim etmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!