Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi

Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi

Apple iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus 2017 yilning 2-choragida jahon miqyosida eng yaxshi sotilgan smartfon modellari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu chorakda ikkala iPhone modeli savdosining sur’ati avvalgi chorakda yetakchi bo‘lgan Samsung Galaxy S8 flagmanini 3-o‘ringa tushirib qo‘ydi.

Bu to‘g‘rida taniqli marketing tadqiqotlari kompaniyasi Strategy Analytics xabar tarqatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 yilda Apple 16,9 mln dona iPhone 7 hamda 15,1 mln dona iPhone 7 Plus sotishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada, Tim Kuk so‘nggi ayfonlarini eng yaxshi sotilgan gadjetlar qatoriga qo‘sha oldi. Apple bosh raqibi — koreyalik Samsung kompaniyasi esa hisobot davrida 10,2 mln dona Galaxy S8 smartfonidan sotishga erishgan.

Beshlikdan, shuningdek Samsung Galaxy S8+ va Xiaomi Red 4A smartfonlari o‘rin olgan. Ular 9 mln hamda 5,5 mln dona sotilgan.

Joriy yilning 2-choragida jahon miqyosida jami 360,4 mln dona mobil aloqa vositasi sotilgan. 2016 yilning shu davrida ishlab chiqaruvchilar 341,5 mln dona smartfon sotgan edilar.

2016 yilning sentyabrida taqdim qilingan iPhone 7 Plus 5.5 dyuymli, iPhone 7 esa 4.7 dyuymli Full HD ekranga ega bo‘lgan. iPhone 7 gadjeti 2 gigabaytli, iPhone 7 Plus 3 gigabaytli tezkor xotiraga ega.

Yuqori talqin bosh kamerasiga qo‘sh sensor tanlangan. Shuningdek, Apple kompaniyasi iPhone 7 va 7 Plus flagmanlarini 3.5 mm.li an’anaviy audio-tuynukdan mahrum qilgan. iPhone 7 va iPhone 7 Plus'da yangi, A10 Fusion chipi o‘rnatilgan.

Xabaringiz bor, «Terabayt.Uz» saytining hamkorlaridan biri Apple zavodi tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tgan va 6 oy kafolat muddatiga ega bo‘lgan iPhone smartfonlarining savdosini yo‘lga qo‘ygan. Biz joriy yil may oyining ikkinchi yarmida ushbu telefonlarni aksiya doirasida chegirma bilan yetkazib bergan edik. Shu muddatda ham, undan keyin ham ko‘plab yurtdoshlarimiz qiziqish bildirib, smartfonlardan sotib olishdi.

iPhone smartfonlaridan sotib olish uchun Telegram’dagi @ghost_stranger profiliyoki+998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin. Narx-navolar bilan bu yerda tanishing.