Eng ommalashgan Android-smartfonlar reytingi tuzildi

Eng ommalashgan Android-smartfonlar reytingi tuzildi

Android operatsion tizimida ishlaydigan, 2016 yilda eng ommalashgan smartfonlar reytingini Xiaomi Redmi Note 3 band qildi. Mazkur reyting ham mobil qurilmalar salohiyatini baholaydigan AnTuTu benchmarki tomonidan shakllantirilgan.

Mazkur reytingda AnTuTu benchmarkida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p sinovdan o‘tkazilgan 10 ta smartfon modellari tanlab olingan. Xitoyning Xiaomi Redmi Note 3 gadjetini imkoniyatlarini o‘rganish tizimda 2016 yilda sinab ko‘rilgan jami testlarning 6,26 foizini tashkil qiladi.

Undan keyin uning muvaffaqiyatli “merosxo‘r”laridan biri bo‘lgan Xiaomi Mi5 (5,02 foiz) egallab turibdi. Uchinchi o‘rin esa Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mahsuloti bo‘lmish Samsung Galaxy S7 edge (3,61 foiz)ga nasib qilgan.

“TOP-10″talikni Samsung Galaxy S6, LeEco Le 2, OnePlus 3, Asus Zenfone 2 va Xiaomi Redmi Note 2 kabi smartfonlar davom ettiradi. Ulardan keyin esa smartfon foydalanuvchilari eng ko‘p Xiaomi Mi 4c hamda Xiaomi Redmi 3 gadjetlari imkoniyatlariga qiziqish bildirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!