Eng yaxshi hamyonbop noutbuklar | TOP-9 (May, 2017)

Eng yaxshi hamyonbop noutbuklar | TOP-9 (May, 2017)

Yaqin-yaqingacha ham noutbuklar juda og‘ir va uncha-muncha odam ularni ko‘tarib yurishga jur’at qila olmas edi. Innovatsiya esa o‘zining ijobiy jihatlarini oqlamoqda. Mobil form-faktor hamda ilg‘or  Windows 10 ularga planshetlar bilan bellashishlariga yordam bermoqda.

Nafaqat ko‘ngilochar, balki ish jarayonida, ijtimoiy tarmoq hamda messenjerlardan foydalanishda, bilim olishda laptoplar muhim vositaga aylangan. 2017 yilda ham narx va jihatlariga ko‘ra diqqatga sazovor noutbuklar taqdim qilindi.

Quyida joriy yilda taqdim qilingan, Windows tizimida ishlaydigan eng yaxshi arzon noutbuklar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz.

 

Dell Vostro 15 3549

Byudjeti chegaralangan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ayni muddao.

Protsessor: Intel Celeron 3205U (2 yadroli, 1,5 GGs)/Intel Core i5 (2.7 GGs) | Video-karta: Intel HD Graphics| Xotira: 4 Gb tezkor va 500 Gb doimiy| Displey: 15,6 dyuymli, LED HD| Aloqa tarmoqlari: 802.11n, Bluetooth 4.0, Gigabit Ethernet| Interfeys: VGA, USB 3.0, 2 x USB 2.0, LAN, audio tuynuk| Batareya: 4000 mA soat| Vazni: 2.38 kg.

Ijobiy jihatlari: Raqamli klaviatura | Yaxshi protsessor;

Kamchiligi: O‘lchami| HDMI porti mavjud emas;

Biznes-noutbuklari turkumiga kiruvchi ushbu Dell noutbuki ayni paytda 400 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda. Celeron protsessorida ishlaydigan noutbuk sifatida bu kuchli gadjetlardan biri. Shuningdek, laptopning Gigabit Ethernet portini qo‘llab-quvvatlashi ham ma’lumotlarni 1 Gbit/s tezlikda almashish uchun ayni muddao. Noutbukda HDMI emas, VGA porti o‘rnatilgani kim uchundir kamchilik bo‘lishi mumkin. Lekin bu muammoni perexodnik bilan hal qilish mumkin.

Yana bir yaxshi jihati mazkur noutbuk klaviaturasining o‘ng tomon yuqorisida raqamli klaviatura bloki mavjud. Bu moliyaviy va iqtisodiy hisob-kitoblar, dasturlar uchun ayni muddao.

 

Lenovo IdeaPad M30-70

O‘ziga xos yorqin dizayn, samarali faoliyat va sig‘imdor xotirasi bilan diqqatga sazovor.

Protsessor: Intel Celeron 2957U (2 yadroli, 1,4 GGs) / Core i3 / Core i5 / Pentium | Operativ xotira: 2/4 Gb | Xotira: 128/500 Gb | Displey: 13,3 dyuymli LED HD | Vazni: 1.8 kg | Aloqa tarmoqlari: Bluetooth va Wi-Fi.  

Yaxshi jihatlari: narxi nisbatan arzon| dasturiy ta’minot xavfsizligi tizimiga ega;

Kamchiligi: DVD disk yo‘q | Korpus qalin;

Yuqoridagi Vostro bilan solishtirib ko‘rganda, M30 noutbuki Lenovo'ning kichik ekranli devaysi. Ammo, unda raqamli klaviatura bloki mavjud emas. Yaxshi hamyonbop noutbuk kerakli HDMI portiga ega. Uning alyuminiydan ishlangan jozibador korpusi hashamdorlik kasb etadi. Noutbuk bir yillik bepul McAfee Internet Security xavfsizlik tizimi bilan taqdim qilinadi. 400 AQSh dollari turadigan noutbuklarda bundan yaxshi imkoniyatni topish mushkul.

 

Acer ES1-311

Fantastik ko‘rkam, yirik xotira sig‘imli va hamyonbop narxdagi  noutbuk.

Protsessor: Intel Celeron N2840 (2 yadroli, 2,16 GGs)/Intel® Pentium® N3540 (2,2 GGs, 4 yadroli) | Operativ xotira: 4/8 Gb | Doimiy xotira: 1 Tb HDD | Displey: 13,3 dyuymli LED HD | Aloqa tarmoqlari: 802.11b/g/n, Ethernet simsiz aloqa  | Akkumulyator sig‘imi: 2000 mA soat |Vazni: 1,6 kg.

Yaxshi jihatlari: Yirik doimiy xotira | DVD disk mavjud;

Kamchiliklari: protsessor nisbatan kuchsiz;

$388 dollardan boshlab sotilayotgan noutbuk to‘liq quvvat bilan deyarli 7 soat ishlaydi. 4 Gb operativ va 1 Tb doimiy xotiraga ega noutbuk uchun bu yomon natija emas.  2 yadroli Intel Celeron N2840 protsessori u qadar samarali bo‘lmasligi mumkin. Biroq, bundan muammo yasash shart emas. Agar siz noutbukda video tahrir qilmasangiz yoki grafikaga boy zamonaviy o‘yinlarni o‘ynamasangiz, protsyessordan tashvishga tushmasa ham bo‘ladi.

O‘rtacha tachpad va ko‘rinishidan keng klaviaturasi bilan noutbuk qimmatbaho gadjetlarni eslatib yuboradi.

 

ASUS X102BA

Bizga o‘tmishdagi netbuklarni eslatayotgan bu laptop arzonligi bilan diqqatni tortadi.

Protsessor: AMD 14-1200 (2 yadroli, 1 GGs) | Operativ xotira: 4 Gb | Doimiy xotira: 500 Gb HDD | Displey: 10,1 dyuymli, sensor HD| Vazni: 1,15 kg.

Yaxshi jihatlari: Bepul Office 2013 | Ixcham o‘lchamlari;

Kamchiligi: DVD disk yo‘q | Protsessor o‘rtacha;

Noutbukdagi protsessor sekin ishlagani bilan, uning 10,1 dyuymli ekrani sensor ekanini hisobga olsak, bu noutbuk ham e’tiborga molik.

HDMI porti va Microsoft Office Home 2013 dasturlariga bir umrlik litsenziyaga ega laptop 250 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

 

Toshiba Satellite Click Mini

O‘z narxiga nisbatan jahon tan olgan brendning yaxshi laptopi.

Protsessor: Intel Atom Z3735F | Operativ xotira: 2 Gb | Doimiy  xotira: 32 Gb SSD | Displey: 8,9 dyuymli sensorniy ekran FHD +.

Yaxshi jihatlari: Ekran sig‘imi yuqori | Akkumulyator uzoqqa yetadi;

Kamchiliklari: Jajji ekran | jajji klaviatura|tezkor xotira sig‘imi past;

2017  yilda noutbuklarni ichki platformasini kuchaytirib, ularning hajmini kichraytirish urfga kirgandek go‘yo. Toshiba Satellite Click Mini aslida yaxshigina planshet bo‘lishi ham mumkin edi. 8,9 dyuymli Full HD sig‘imli sensor displey, shuningdek narxi 80 dollar bo‘lgan bir yillik Office 365 Presonal dasturiga egaligi ko‘pchilik uchun ayni muddao.

Click Mini'ning vazni 1 kilogrammga yetmaydi va to‘liq quvvat bilan bu gadjet 13 soat ishlaydi. Qolaversa, Intel Atom Z3735F protsessori bilan bu laptop hamyonboplar orasida eng tezkor noutbuk bo‘lishga ham da’vogarlik qiladi.

 

Asus X551MAV

O‘rtacha protsessorga ega, me’yoridagi noutbuk.

Protsessor: Intel Atom N2840 (2 yadroli, 2,13 GGs) | Operativ xotira: 4 Gb | Doimiy xotira: 1 Tb HDD | Displey: 15,6 dyuymli HD-displey.

O‘ziga xos jihatlari: Maxsus klaviatura | 1 Tb doimiy xotira diski;

Kamchiliklari: Samaradorlik u qadar yuqori emas | Akkumulyatorning ishlash vaqti ko‘p emas;

Ushbu reytingdagi 1 terabayt doimiy xotiraga ega  ikkinchi hamyonbop noutbuk. X551MAV laptopi ASUS kompaniyasining 15,6 dyuymli noutbuki. U bir yillik McAfee Internet Security xavfsizlik tizimidan foydalanish litsenziyasiga ega. Bu noutbuk 210 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Gadjet o‘ziga xos raqamli klaviaturaga ega, shuningdek noutbuk HDMI-porti, fayl yozsa bo‘ladigan DVD hamda VGA portlari bilan ta’minlangan. Qolgan jihatlari bilan jihatlari shu narxdagi raqiblari bilan bir xil. Biroq, undagi ASUS SonicMaster audio-texnologiyasini alohida qayd etish lozim. Biroq, uyatli tomoni shundaki, shunday tajribali kompaniya to‘liq quvvati 4 soatga yetadigan laptop ishlab chiqargan.

 

Lenovo B40-45

Talabalar uchun eng arzon va munosib  noutbuk.

Protsessor: AMD E1-6010 (2 yadroli, 1,4 GGs) | Operativ xotira: 2 Gb | Doimiy xotira: 500 Gb HDD | Displey: 14 dyuymli HD-displey.

O‘ziga xos jihatlari: Narxi| Doimiy xotira sig‘imi katta;

Kamchiliklari: DVD disk yo‘q | Tezkor xotira kichik;

Lenovo B40-45 – zerikarli noutbuk bo‘lib tuyilishi mumkin, biroq u ayni paytda jahon noutbuk bozoridagi eng arzon laptop ham. Gadjet 200 AQSh dollarigacha sotilmoqda. O‘ziga xos jihati shundaki, bu laptop litsenziyaga ega Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. Bu tizimning bahosi gadjet narxining 3 dan birini tashkil qiladi. Shuningdek, noutbuk Bullguard Internet Security xavfsilik tizimiga ham ega. HDMI portining mavjudligi ishbilarmonlik auditoriyasiga ham undan foydalanish imkonini beradi.

 

Lenovo Flex 10

Original dizayn va taassurotli jihatlarga boy gadjet.

Protsessor: Intel N2807 (2 yadroli, 1,58 GGs) | Operativ xotira: 4 Gb | Doimiy xotira: 320 Gb HDD | Displey: 10,1 dyuymli sensor, HD-ekran.

O‘ziga xosliklari: Sensor ekran | hamyonbopligi;

Kamchiliklari: Protsessor samaradorligi u qadar yuqori emas | DVD disk yo‘q ;

Lenovo so‘nggi yillarda turli auditoriyaga mo‘ljallangan har xil parametrlarga ega noutbuklarni bozorga chiqarmoqda. Ayniqsa, Yoga oilasiga kiruvchi qayrilma korpusli noutbuklar turkumi brendga omad olib keldi.

10,1 dyuymli sensor ekranga ega Flex 10 korpusi 360 emas, 300 gradusga buklanadi. Unda DVD disk porti yo‘q, biroq HDMI porti hamda Lenovo kompaniyasining AccuType ilg‘or displeyiga ega bo‘lgani taassurotli. Laptop 415 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

 

ASUS EeeBook X205TA

Ma’lum va mashhur EeeBook noutbuklar oilasining ma’anviy merosxo‘ri.

Protsessor: Intel Atom Z3735F | Operativ xotira: 4 Gb | Doimiy xotira: 32 Gb SSD | Displey: 11,6 dyuymli HD-ekran;

O‘ziga xos jihatlari: Ixcham o‘lchami| Uzoqqa yetadigan akkumulyator;

Kamchiliklari: Protsessor samaradorligi u qadar yuqori emas | Xotira sig‘imi juda kam;

ASUS X205 noutbukining vazni 1 kg.ga yetmaydi. Shu bilan birga, o‘ta yupqa va kamxarj Atom protsessori evaziga to‘liq quvvat bilan 12 soatgacha ishlaydi. Unda MicroSD qo‘shimcha xotira kartasi va MicroHDMI porti mavjud. Qolaversa, litsenziyaga ega Office 365 Personal dasturlaridan qonuniy foydalanish mumkin. Eng ahamiyatli jihati esa, noutbuk 250 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.