Ertadan bu Xiaomi-TV $300 dollardan boshlab sotiladi

Ertadan bu Xiaomi-TV $300 dollardan boshlab sotiladi

Xiaomi kompaniyasi bugun “Xiaomi Mi TV 4A” nomli “aqlli televizor” taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil qildi. Xiaomi Mi TV 4A televizorlarida chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan Amlogic T962 protsessori, 2 GB operativ xotira o‘rnatilgan. Yuqori 3 talqinda 32 gigabaytli flesh-xotira ham mavjud.

Ushbu turkum displey diagonali 4 talqindagi TV modellarini o‘z ichiga olgan: 43, 49, 55 va 65 dyuym. Ular piksel sig‘imi va ovozli buyruqlarni qabul qilishiga ko‘ra ham farqlanadi. Kichik talqinda Samsung, LG, CSOT kabi ishlab chiqaruvchilarining 1920 x 1080 pikselli, 2 ta yuqori talqindagi televizorlarda esa 4K sig‘imli displeylardan foydalanilgan.

55 va 65 dyuymli modellarni ovoz orqali ham boshqarish mumkin. Ular ovoz orqali buyruq berib kerakli kanallarga o‘tkazuvchi sun’iy aql tamoyilida ishlaydi. Buyruqlarni Xiaomi TV boshqaruv pultidagi maxsus tugma yordamida berish mumkin. Ushbu televizorlarni boshqa mobil gadjetlar orqali masofadan turib boshqarish mumkin.

Xiaomi Mi TV 4A’ning telesignallarni qabul qiluvchi qurilmalari HDR10 va Dolby/DTS texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 4.2 simsiz interfeyslarida ham ishlaydi. Shuningdek, ularda HDMI, USB 2.0 va Ethernet konnektorlari ham mavjud.

Xiaomi “aqlli televizor”larni 23 martdan sotuvga chiqaradi. Xiaomi Mi TV 4A turkumidagi eng kichik model, diagonali 43 dyuym bo‘lgan televizorning piksellar sig‘imi 1920 x 1080 pikselga teng va u $300 dollar narxida sotuvga chiqariladi. Ovozli boshqaruv tizimiga ega 4K-panelli televizorning diagonali 65 dyuym bo‘lib, $900 dollarga baholangan.

Bir muddat avval xitoylik Xiaomi ramkasiz dizaynga ega televizorni ham namoyish qilgan edi. Bu haqida batafsil o‘qing:

Xiaomi 65 dyuymli romsiz televizorni sotuvga chiqaradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!