Ertaga "jiddiy" akkumulyatorli Gionee M7 Power sotuvga chiqariladi

Ertaga

Bir necha kun avval Xitoyning Gionee kompaniyasi ekran tomonlarining nisbati 18:9 ga teng bo‘lgan va yuqori texnologik imkoniyatlarga ega Gionee M7 smartfonini taqdim qilgan edi. Kompaniya, shuningdek, elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan Gionee M7 Power smartfonini ham namoyish etdi.

Gionee M7 Power o‘rta darajali imkoniyatlarga ega smartfon. Devays 6,0 dyuymli, 1440 x 720 pikselli, IPS matritsali, 18:9 standartidagi displeyga ega bo‘lgan. Uning apparat ta’minoti uchun 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 chipi, 4 Gb operativ va 32/64 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli bosh hamda 8 megapikselli old kamera tanlangan. Gadjetda barmoq izlari skaneri ham mavjud.

Va, albatta, "quvvat toshi" sifatida gadjetga sig‘imi 5000 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

Gionee M7 Power o‘lchamlari: 156,3 x 75,6 x 8,6 mm., vazni -- 187 gramm.

Smartfon qadoqdayoq firmaning Android 7.1 Nougat'ga asoslangan Amigo OS 5.0 operatsion tizimiga ega bo‘ladi.

M7 Power savdoga 30 sentyabrda, $300 dollardan chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.