ESET: Instagram’dagi 1,5 mln.gacha akkaunt buzilish xavfi ostida!

  •   DiMaX
  •  1027
  •  14.03.2017 14:29

ESET: Instagram’dagi 1,5 mln.gacha akkaunt buzilish xavfi ostida!

Google Play do‘konida 13 ta ziyon yetkazuvchi ilova mavjudligi aniqlandi, ular aldov yo‘li bilan Instagram foydalanuvchilarining login va parollarini qo‘lga kiritib olgan. Bu haqda ESET matbuot markazi ma’lumotiga tayanib Gazeta.Ru xabar bermoqda.

Mazkur dasturlar foydalanuvchiga obunachilar va izohlar sonini oshirish evaziga Instagram akkauntini mashhur qilib berishni va’da qilishgan. Buning uchun login va parol talab etilishi ma’lum, albatta. Foydalanuvchilardan olingan mazkur shaxsiy ma’lumotlar esa jinoyatchilarga yuborilgan.

Ayni damda ushbu ilovalar Google Play marketidan o‘chirilgan, biroq bungacha ularni o‘rnatishlar soni bir yarim milliondan oshib ulgurgan. Shu tariqa, mazkur dasturlarni o‘rnatib olganlarning akkauntlari, agarda tez orada parollarini o‘zgartirishmasa, jinoyatchilar tomonidan buzilishi xavfi mavjud.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.