Eurasia Mobile Challenge ishtirokchilari uchun xalqaro ekspertlarning vebinarlari o‘tkazilmoqda

Eurasia Mobile Challenge ishtirokchilari uchun xalqaro ekspertlarning vebinarlari o‘tkazilmoqda

Beeline aloqa operatori Eurasia Mobile Challenge (EMC) 2016 xalqaro mobil ilovalar tanlovini o‘tkazishni davom etmoqda. 24 oktyabrdan 24 noyabrga qadar har dushanba va payshanba kunlari loyiha ishtirokchilari uchun o‘z dasturiy loyihalarini to‘liq bajarishlarida ko‘mak berish maqsadida vebinarlar o‘tkazilmoqda.

“EMC‘ning har bir bosqichda biz ishtirokchilarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, – deydi Unitel‘ning jamoachilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Barselonadagi finalgacha yetib borgan o‘tgan yildagi Stolik guruhinig muvaffaqiyati tufayli bu yili biz o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘p ishtirokchilar arizalalarini qabul qildik — O‘zbekistonning turli hududlaridan 129 guruh loyihada ishtirok etish imkoniyatidan ilhomlandilar. Ishonamanki, turli mamlakatlardagi tajribali mentorlar va ekspertlarning vebinarlari yordamida biz nafaqat ishtirokchilarning misli ko‘rilmagan soni, balki startaplarning sifatini ham ta’minlay olamiz”.

Ishtirokchilar vebinarlaga taklifnomalari o‘z elektron manzillarida topadilar va ularda onlayn ishtirok eta oladilar. 30 noyabrdan 2 dekabr kuniga qadar ishtirokchilar o‘z loyihalarini (videorolik va taqdimot) hay’atlar bahosi uchun taqdim etishlari lozim. Yanvar oyida Armanistonda bo‘lib o‘tadigan birinchilikning hududiy bosqichiga uch yo‘llanmadan birini olishi mumkin. Hududiy bosqich g‘olibi I, II va III o‘rin uchun mos ravishda umumiy narxi $20 000, $15 000 va $10 000 mioqdoridagi pullik sovrinlar va devayslarni qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki yildan beri Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. Guruhining Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

Tanlov ishtirokchilarining ishlari har bir ishtirokchi-mamlakatning soha ekspertlari tomonidan novatorlik, muhimlik, universallik va noyoblik mezonlari bo‘yicha baholanadi. Tanlovning finali 2017 yilning fevral oyida Barselonadagi “Mobil aloqa mobil kongressi” doirasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov haqidagi har qanday savolar bo‘yicha ishtirokchilar quyidagi manzilga murojaat etishlari mumkin [email protected].

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!