Eurasia Mobile Challenge tanlovida g‘olib chiqqan O‘zbekistonning Stolik startapi onlayn-do‘konlarda paydo bo‘ldi

Eurasia Mobile Challenge tanlovida g‘olib chiqqan O‘zbekistonning Stolik startapi onlayn-do‘konlarda paydo bo‘ldi

Moskvada bo‘lib o‘tgan Eurasia Mobile Challenge (“Yevrosiyo mobil kubogi”) hududiy finalida eng kuchli uchtalikga kirgan, shuningdek, Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobil aloqa jahon kongressida mamlakatimizni taqdim etgan O‘zbekistonning Stolik startapi eng ommabop onlayn-do‘konlarda foydalanuvchilar yuklab olishlari uchun paydo bo‘ldi. Bu haqda Beeline aloqa operatori axborot xizmati xabar qildi.

“EMC loyihasining mamlakat bosqichini yarim yil avval boshlagan chog‘imizda, bizning jamoalarimizdan biri ilk urinishning o‘zida jahonning eng kuchli TOP-20ga kirishini, rosti kutmagan edik. Lekin haqiqat shu: o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xalqaro darajadagi ilovani yaratishga qodir ekani bilan nafaqat bizni, balki Yevrosiyoning IT-sohasida yetuk mutaxassislarini ham hayratlantirdi”, – dedi Unitel`ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov.

Eslatib o‘tamiz, Eurasia Mobile Challenge tanlovi VimpelCom kompaniyasining “Make Your Mark” loyihasi doirasida 2015 yilning sentyabr oyida boshlangan. Tanlov Yevrosiyoda raqamli startap-ekotizimning faol rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek yangi mobil yechimlarni yaratish va joriy etish uchun texniologik qurollar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Stolik `ni ishlab chiqqan dasturchilar jamoasi kapitani Qodir Norov bu haqda shunday dedi: “Yosh startapimiz uchun bu unutilmas tajriba bo‘ldi: investorlar, ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlar bilan ko‘plab foydali shartnomalar, shuningdek, ko‘plab qiziqarli g‘oyalar va biznes-modellar. Biz tajribali mentorlar bilan biznes-modelimiz va uni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha aloqa o‘rnatdik. Tashkilotchilar – Imtiaz va IE Business School, shuningdek, bizga ajoyib imkoniyat bergan tanlov homiysi VimpelCom kompaniyasiga alohida tashakkur. Eng quvonarlisi, tanlovda ishtirok etishimiz ilovamizning AppStore va Google Play‘da paydo bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keldi”.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.