Evropadagi peshqadam brendlar va eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar

Evropadagi peshqadam brendlar va eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar

Canalys marketing tadqiqotlari kompaniyasining hisob-kitoblaridan ma’lum bo‘lishicha, 2017 yilning ikkinchi choragida Huawei kompaniyasi Markaziy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida smartfon sotish bo‘yicha Apple'ni ortda qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aprel, may va iyun oylarida Yevropada 15,6 mln dona smartfon sotilgan. Ularning 32% qismi Samsung hissasiga to‘g‘ri keladi. Koreyalik mazkur bozorda asosan Galaxy A va J turkumiga xos smartfonlarni sotgan.

Yevropa bozoridagi yaqqol peshqadamlikda keyingi o‘rin Huawei'ga nasib qilgan. Uning bu bozordagi ulushi 12%. Xitoylik ishlab chiqaruvchining Yevropa bozorida Huawei P10 Lite smartfoni, ayniqsa yaxshi sotilmoqda.

Nihoyat, Apple Markaziy va G‘arbiy Yevropadagi smartfon bozorlarida yaxshi sotilayotgan navbatdagi ishlab chiqaruvchi. U o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turgan raqibiga qaraganda 50 000 dona kamroq smartfon sotgan. So‘nggi chorakda Yevropa bozorida sotilgan smartfonlarning 11 foizini ayfonlar tashkil qiladi. Ayfonlar orasida iPhone 7 yaxshi sotilmoqda. 

Yevropa smartfon bozoridagi yana bir kutilmagan yangilik -- Xiaomi kompaniyasining eng yaxshi sotilayotgan brendlar to‘rtligidan o‘rin olgani bo‘ldi. Uning Ovro‘po gadjetlar bozoridagi ulushi 7% ni tashkil qilmoqda. Ayniqsa, Redmi 4A bu bozorda ko‘p va xo‘p sotilmoqda. Kuchli beshlikni 5 foizlik ulush bilan Lenovo yakunlab bergan. Bu brendning Lenovo P2 gadjetlari nisbatan yaxshi ommalashgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!