Evropalik o‘spirinlar ijtimoiy tarmoqdan ajralib qolishi mumkin

Evropalik o‘spirinlar ijtimoiy tarmoqdan ajralib qolishi mumkin

O‘spirinlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash nazarda tutilgan o‘zgartirishni qonunga kiritishni Yevropalik siyosatdonlar taklif qilishmoqda.

Ularning taklifiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshini 16ga ko‘tarish lozim. O‘spirinlar onlayn muloqotga faqat ota-onalari ruxsati bilan kirishishlari mumkin.

Taklif faqatgina foydalanuvchilar emas, bolalar xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar tomonidan ham tanqid bilan kutib olindi. Yangi tartib joriy etilsa, qonunbuzarlik holatlari avj oladi, o‘spirinlar kechayotgan hodisalardan g‘aflatda qolishadi, deb hisoblaydi tanqidchilar.

O‘spirinlarning o‘zlari ushbu taklifga Twitter va Facebook saytlarida xavotir bildirdi. Bir nechta faollardan iborat guruhlar siyosatchilarga ochiq xat yozib, taklifni qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilishdi.

Avvalroq, maktabda o‘quvchi britaniyalik qizcha “Wi-Fi allergiyasi” tufayli o‘z joniga qasd qilgandi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!