Facebook guruhli videochatlar uchun alohida ilova tayyorlamoqda
Facebook ijtimoiy tarmog‘i
jamoasi foydalanuvchilarning guruhlarda videomuloqotlar qilishlari uchun alohida
dastur ustida ishlamoqda. Bu haqda kompaniyaning rejalari bilan tanish bo‘lgan
manba xabar berdi, deb yozadi
The Verge nashri.
Bonfire deb ataluvchi mazkur ilova yaqinda ijtimoiy tarmoq xodimlariga
namoyish etilgan. Guvohlarning xabar berishlaricha, Facebook’ning yangi mahsuloti guruhli
videochatlarga mo‘ljallangan Houseparty ilovasining klonidir. Houseparty dasturiy
ta’minoti esa, Meerkat striming mobil servisi o‘rniga Life On Air kompaniyasi
tomonidan yaratilgan edi.
Manbaning ta’kidlashicha, Bonfire’ning taqdimoti shu yilning kuziga
mo‘ljallangan. Biroq mazkur ilova xususida Facebook vakillari hozircha biror
ma’lumot berishmagan.
Nima bo‘lganda ham, yaqin orada bu to‘g‘rida rasmiy ma’lumotlar
chiqib qolsa kerak. Ulardan birinchilar qatorida xabar topish uchun bizdan
uzoqlashmang.