Facebook’ka yana bir muhim funksiya qo‘shilmoqda – u endi sizni har yerdan topa oladi!

  •   DiMaX
  •  896
  •  20.12.2017 14:56

Facebook’ka yana bir muhim funksiya qo‘shilmoqda – u endi sizni har yerdan topa oladi!

Ob’yektlarni tanib olish texnologiyalari IT-bozordagi ayrim kompaniyalar uchun yetakchi yo‘nalishga aylanib ulgurdi. Masalan, Google bir necha yillardan beri shunday texnologiyalar ustida ishlab kelayotir, ammo natijalarini oshkor etishni ma’qul ko‘rmayapti.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda siz yo‘l qo‘yadigan 5 xato

Eng ommaviy ijtimoiy tarmoq – Facebook ham 2010 yildan yuzni tanish texnologiyalari bo‘yicha ish boshlagan. Xususan, foydalanuvchi tarmoqqa kishilarning qiyofasi aks etgan biror fotosurat joylaganida, tegishli funksiya unda qaysi do‘stlarni belgilash mumkinligini ko‘rsatadi.

Endi esa Facebook bu borada yanada ilgarilab ketdi. Kompaniyaning kecha ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqda shunday funksiyani joriy etilmoqda: sizning biror suratingizni kimdir joylasa, garchi unga sizni belgilamasa-da, tizimning o‘zi u yerdan sizni tanib oladi. Tanib olingan kishilarga bu haqda bildirishnoma keladi.

Facebook’ning ta’kidlashicha, bu yangi funksiya foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqdagi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qilish imkonini beradi.

O‘QING: O‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchisi bo‘htoni uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi

Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, ayrim hududlarda, o‘sha yerdagi joriy qonunchilik me’yorlariga binoan, yangi funksiya ishlamaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida va Kanadada bu funksiya amal qilmaydi.

Yangi funksiya sozlamalari bo‘yicha yuqorida eslab o‘tilgan avvalgi – hozirda amal qilayotgan funksiyaning sozlamalari bilan bog‘langan. Foydalanuvchi o‘zi istasa, uni o‘chirib qo‘yishi ham mumkin.

O‘QING: Facebook foydalanuvchilardan o‘z yalang‘och rasmlarini jo‘natishlarini so‘rayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!