Facebook Messenger`da guruhli video-qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishga tushdi

Facebook Messenger`da guruhli video-qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishga tushdi

Jahondagi eng yirik messenjerlardan biri bo‘lgan Facebook Messenger servisida guruhga mo‘ljallangan video-qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Facebook rasmiy yangiliklar saytida.

Ushbu yangi imkoniyatdan messenjerning iOS va Android ilovalarida, shuningdek, desktor versiyasida foydalanish mumkin.

Guruh video-qo‘ng‘iroqlariga 50 tagacha foydalanuvchini qo‘shsa bo‘ladi. Foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘ng‘iroq davomida kamera yoki ovozdan foydalanishi mumkin. Videoqo‘ng‘iroqda faqat oltita odamning aksi ekranga chiqariladi, qolgan a’zolar muloqotni tinglash, matn, stiker va smayliklar bilan suhbatga qo‘shilishi mumkin. Guruhdagi ma’lum a’zolarga yoki barcha ishtirokchilarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud.

Facebook Messenger`ning iOS va Android ilovalarini App Store va Google Play do‘konlaridan bepul yuklab olsangiz bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!