Facebook roliklarida ovozning avtomatik yangrashini o‘chiramiz

  •   DiMaX
  •  996
  •  20.02.2017 18:31

Facebook roliklarida ovozning avtomatik yangrashini o‘chiramiz

Facebook’ning mobil versiyasiga yaqinda bir necha yangi o‘zgarishlar kiritilganini payqagan bo‘lsangiz kerak. Undagi videolarning ovozi o‘z-o‘zidan yangray boshlashi sizga uncha ma’qul kelmayotgan bo‘lsa, buni sozlash uchun Layfxaker sayti quyidagi maslahatlarni beradi.

Ijtimoiy tarmoqning Android va iOS uchun chiqarilgan ilovalaridagi asosiy o‘zgarishlar videoning avtomatik ijro etilishi bilan bog‘liq. Bir tomondan bu yaxshi – bir vaqtning o‘zida yangiliklar tasmasini varaqlab, videolavhaniyam ko‘rib boraverasiz. Buning ustiga, mazkur rejimda Facebook asosiy planda bo‘lmagan taqdirda ham YouTube videolarini tomosha qilib, boshqa ilovalar bilan ishlashda davom etaverish mumkin. Bundan tashqari, vertikal rejimda olingan videoroliklarni aks ettirish yaxshilangan, yana tasvirni orqaga-oldga surishda oldindan ko‘rib turish funksiyasi qo‘shilgan.

Ammo eng asosiy yangilik shuki, lavhalar endi birdaniga avtomatik tarzda ovozi bilan ijro etila boshlaydi. Oldinlari esa yangiliklar tasmasini varaqlash jarayonida roliklar ovozsiz harakatga kelar, ovozini chiqarish uchun ustiga barmoq tekkizish kerak bo‘lar edi.

Xuddi mana shu yangilik ko‘pchilikka ma’qul kelmasligi mumkin. Chunki kishida turli vaziyat bo‘ladi, kutilmaganda yangragan ovozlar esa atrofdagilarning e’tiborini tortishi mumkin. Yaxshiyamki, videolavhalarning ovozi avtomatik tarzda yangrashini o‘chirib qo‘yish imkoniyati bor.

Buning uchun, agar qurilmangiz Android tizimida ishlaydigan bo‘lsa, uning Facebook mobil ilovasining sozlamalarini ochasiz. O‘sha joydagi Videos in News Feed Start With Sound opsiyasini o‘chirib qo‘yasiz – olam guliston.

Agar iOS tizimli gadjet ishlatayotgan bo‘lsangiz, u holda mazkur opsiyani Settings → Account Settings → Sounds manzili orqali o‘chirasiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!