Facebook rossiyalik xakerga yirik miqdorda mukofot puli to‘ladi

Facebook rossiyalik xakerga yirik miqdorda mukofot puli to‘ladi

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoq dasturida topilgan zaiflik uchun rossiyalik dasturchi Andrey Leonovga 40 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli to‘ladi, deb xabar bermoqda rb.ru.

Xatolik rasmlarni tarmoqqa joylashdan oldin qayta ishlaydigan Image Magic kutubxonasida mavjud bo‘lgan va u maxsus tasvir orqali Facebook serverlarida erkin kodni ishga tushirishga imkon bergan.

Leonov boshqa servis ishini tadqiq qilish jarayonida ushbu xatolikni aniqlagan va uni ijtimoiy tarmoqning texnik xizmatiga ma’lum qilgan. Bu ish uchun Leonovga 40 ming AQSh dollari miqdorida gonorar to‘langan. Bundan oldingi eng yirik gonorarni (33,5 ming dollar) kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Redjinaldo Silva qo‘lga kiritgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!