Facebook shaxsiy ma’lumotlaringizni 60 ta smartfonsozga berib kelayotgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1052
  •  04.06.2018 18:24

Facebook shaxsiy ma’lumotlaringizni 60 ta smartfonsozga berib kelayotgan ekan!

Eng ommabop ijtimoiy tarmoq – Facebook hamda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi borasida mojarolar chiqib turgani haqida yozganmiz. Shu kunlarda ayni shunday yana bitta holat aniqlandi.

O‘QING: Facebook tan oldi: u Android-smartfonlardagi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni kuzatmoqda!

The New York Times nashrining ma’lum qilishicha, Facebook kompaniyasi keyingi o‘n yil mobaynida o‘z foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini smartfon ishlab chiqaruvchi jami 60 ta kompaniyaga taqdim etib kelayotgan ekan. Ijtimoiy tarmoq buni yuzerlar ruxsatisiz, hatto ularga ma’lum qilmasdan amalga oshirgan – bunisi endi shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini buzish hisoblanadi.

Facebook smartfonsozlar bilan baham ko‘rgan ma’lumotlar qatoriga foydalanuvchilarning biror dinga mansubligi, oilaviy ahvoli, siyosiy qarashlari, ish joyi va u qiziqqan tadbirlar kabilar kiradi. Shuningdek, kishilarning turli qiziqishlari hamda biror musiqa, film singari san’at asarlarini xush ko‘rishi haqidagi ma’lumotlar ham smartfonsozlarga yetkazib kelingan.

The New York Times so‘roviga javoban Facebook bergan javobga ko‘ra, «foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar smartfonsozlarga hamkorlik munosabatlari doirasida taqdim etilib kelmoqda. Bu vendorlarga o‘z mijozlariga taqdim etiladigan xizmatlarni individuallashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun kerak».

O‘QING: Facebook foydalanuvchilardan o‘z yalang‘och rasmlarini jo‘natishlarini so‘rayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!