Facebook yana sudga chaqirildi

Facebook yana sudga chaqirildi

Facebook yevropalik foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlarini biznes maqsadlari uchun AQSH serverlariga ko‘chirish usullari borasida sudda yana hisobot beradi.

Irlandiya ma'lumotlarni himoya qilish komissioneri bu transferning qonuniy mexanizmi YI fuqarolarining maxfiylik borasidagi huquqlariga xavf solishi borasida sudda kompaniyaga qarshi chiqadi.

Transfer qilingan ma'lumotlar Qo‘shma Shtatlar razvedka agentligi hujumiga uchrashi mumkinligi borasida xavotirlar yuzaga kelmoqda.

Biroq Facebook xavfsizlik choralari ko‘rilganligini ta'kidlamoqda.

Ijtimoiy tarmoq gigantiga qarshi bu harakat Atlantika okeani orqali ma'lumotlar almashuvchi ko‘plab katta texnologiya kompaniyalari (ayniqsa, kommunikatsiya texnologiyalari va bulutli kompyuting faoliyatiga asoslangan kompaniyalarga) bo‘lgan foydalanuvchilar ishonchni ham so‘ndirishi mumkin. Sababi ular ham ma'lumotlarni transfer qilishadi.

Ayni damda, Facebook Yevropadagi foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarining katta qismini AQSH serverlariga o‘tkazmoqda; bu ma'lumotlar qatoriga ismlardan tortib onlayn faoliyatgacha bo‘lgan barcha ma'lumotlar kiradi.

2013-yilda AQSH razvedkasi sobiq shartnomachisi Evdard Snoudon (Edward Snowden) tomonidan e'lon qilingan hujjatlarda Facebook AQSH Milliy xavfsizlik agentligining "Prizma" nomli katta masshtabdagi kuzatuv dasturi nishonlaridan biri ekanligi haqida yozilgan edi.

Bu ma'lumotlarga asoslangan holda (onlayn) maxfiylik aktivisti Maks Shrems (Max Schrems) kompaniyani avvalgi transferlari borasida sudga berib, unda g‘olib chiqqan.

O‘shandan buyon Facebook ma'lumotlarni AQSH serverlariga o‘tkazishda "standard shartnoma shartlari" (S.S.SH.) nomli muqobil qonunchilik bazasidan foydalanib keladi.

Biroq Irlandiya ma'lumotlarni himoya qilish komissioneri razvedkachilar kuzatuvi xavfi mavjudligi bois bu baza ayni maqsad uchun mos emasligini ta'kidlamoqda.

Yevropa sudi S.S.SH.ni yetarli darajada ishonchli deb topmasa, bu Facebook va boshqa bizneslar faoliyatiga katta ta'sir o‘tkazishi mumkin. Bu haqda London Iqtisodiyot maktabi huqushunos eksperti Orla Linskiy (Orla Lynskey) ma'lumot bermoqda.

Facebook Bosh yuristi o‘rinbosari Jek Gilbert (Jack Gilbert): esa: "S.S.SH. yevropaliklar ma'lumotlar chet davlatga o‘tkazilganda, ularning himoya qilinishini ta'minlovchi hujjatdir. U Yevropa Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlangan va minglab Yevropa kompaniyalariga butun dunyoda o‘z faoliyatini olib borish imkonini beradi", deya ta'kidlamoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!