Fentezi janridagi ilk o‘zbek filmini kutib oling

Fentezi janridagi ilk o‘zbek filmini kutib oling

Suratga olish ishlari ikki yil davom etgan. Film Xorazm va Toshkent viloyatlarida suratga olingan. “O‘zbekkino” buyurtmasi asosida suratga olingan kinolenta byudjeti 1,6 milliard so‘mni tashkil qilgan, deb yozmoqda Sputniknews-uz.com.

20 maydan boshlab fentezi janrida suratga olingan “Oyqiz ertagi” tarixiy filmi katta ekranlarga chiqmoqda.

Film Sarang mamlakati podshosining yakkayu-yagona qizi — Oyqiz haqida. Malika rolini aktrisa Yulduz Rajabova ijro etgan.

Syujet bo‘yicha, qizaloq yoshligidan zabardast jangchi bo‘lishni va bolalikda daraksiz yo‘qolgan o‘rtog‘i Jonboz(Yigitali Mamajonov”ni izlab topishni va u bilan birgalashib hokimiyatni ayyorlik bilan egallab olgan kimsalardan qutqarishni orzu qiladi. Oradan yillar o‘tib do‘stlar uchrashishadi va bosqinchilarga qarshi kurash boshlaydilar.

Suratga olish ishlari ikki yil davom etgan. Film Xorazm va Toshkent viloyatlarida suratga olingan. “O‘zbekkino” buyurtmasi asosida suratga olingan kinolenta byudjeti 1,6 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Kartina premerasi 19 may kuni 17:00 da Respublika Kinochilar uyida va 18:00da Alisher Navoiy nomli San’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!