FIFA 17 futbol simulyatorining demo-versiyasi chiqariladi

FIFA 17 futbol simulyatorining demo-versiyasi chiqariladi

FIFA 17 futbol simulyatorining yetakchi prodyuseri Garret Riderning e’lon qilishicha, o‘yinning demo versiyasini 13-sentyabrdan boshlab sinab ko‘rish mumkin.

Konami kompaniyasi PES 2017 simulyatorining demo-versiyasini allaqachon taqdim etib bo‘lgan, biroq EA Sports haligacha yangi versiyaga kiradigan elementlar haqida ma’lumot bermagan.

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya Gamescom 2016 ko‘rgazmasiga olib kelgan o‘yin simulyatorini namoyish qilishi ham mumkin. Agar ushbu axborot to‘g‘ri bo‘lsa, unda o‘yinda yangi 3 stadion paydo bo‘ladi: “Stemford Bridj”, yapon shahri Suytadagi stadion va “Senchuri Link-fild”. Shuningdek, 11 ta futbol jamoasi ham o‘yindan o‘rin egallaydi:

  • “Real Madrid”
  • “Manchester Yunayted”
  • “Chelsi”
  • “Olimpik Lion”
  • “Pari Sen-Jermen”
  • “Sietl Saunders”
  • “UANL Tigres”
  • “Bavariya”
  • “Gamba Osaka”
  • “Inter”
  • “Yuventus”

Ammo hozirgacha o‘yin qaysi platformada ishlashi haqida ma’lumot keltirilmagan. Biroq o‘yin  avval Xbox One, PlayStation 4 va kompyuter uchun chiqarilishi taxmin qilinmoqda.  FIFA 17 simulyatorining jahon premerasi 29-sentyabr sanasiga rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!