Flyme 6 Spring Edition talqinigacha yangilanuvchi Meizu smartfonlari

  •   DiMaX
  •  991
  •  31.01.2018 16:44

Flyme 6 Spring Edition talqinigacha yangilanuvchi Meizu smartfonlari

Meizu kompaniyasi o‘z mobil telefonlari uchun barqaror Flyme 6 Spring Edition proshivka talqinini taqdim etdi. Bir qator yangi funksiyalarni taqdim etuvchi bu dasturiy ta’minotni Android Lollipop, Marshmallow va Nougat operatsion tizim talqinlari boshqaruvi ostida ishlaydigan smartfonlarga allaqachon yuklab olish mumkin.

O‘QING: Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

Ishlab chiqaruvchining va’da qilishicha, uning jami 34 modeldagi smartfonlari mazkur talqingacha yangilanadi.

Ta’kidlash kerakki, Flyme 6 Spring Edition bilan keladigan yangi funksiyalar qurilmaning qaysi Android versiyasida ishlashiga bog‘liq. Masalan, Meizu Pro 7 hamda Nougat talqinlari boshqaruvi ostidagi bir qator smartfonlar uchun tizimning umumiy ishlashi va quvvat sarfi nazorati optimallashtirilgan, «tezkor ilova» funksiyasi qo‘shilgan.

Android Marshmallow hamda Lollipop bilan ishlayotgan telefonlar esa «tezkor ilova» funksiyasiga, Avatar 2.0 ilovasiga hamda Meizu Pay to‘lov servisiga ega bo‘ladi.

O‘QING: Meizu 150 dollarlik M6S'ni taqdim qildi

Meizu’ning quyidagi smartfonlari Flyme 6 Spring Edition talqinigacha yangilanadi: MX4, MX4 Pro, MX5, MX6, Pro 5, Pro 6, Pro 6S, Pro 6 Plus, Pro 7, Pro 7 Plus, M1 Note, M2 Note, M3 Note, M5 Note, M2, M3, M3S, M5S, M1 Metal, Meizu X, Meizu E2, Meizu MX, M3 Max, U10 va U20.

O‘QING: Hamyonbop Meizu M6 Note rasman arzonlashdi, Toshkentda ham sotilmoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!