Forbes 2017 yilda eng ko‘p haq olgan blogerlarni e’lon qildi

Forbes 2017 yilda eng ko‘p haq olgan blogerlarni e’lon qildi

Forbes'ning 2017 yilda YouTube'da eng ko‘p pul topgan blogerlar ro‘yxatida Daniel Middlton yetakchilik qilmoqda. U video tarmoqda DanTDM laqabi bilan yaxshi tanilgan. Bu bloger YouTube tarixida shu vaqtga qadar misli ko‘rilmagan miqdorda pul topgan. Quyida batafsil tanishamiz.

1. 26 yoshli DanTDM 17 million kuzatuvchiga ega hamda u yil davomida 16,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ishlab topgan. Bu bloger asosan video o‘yinlar. o‘yinlar hamda internetda mayning, ya’ni pul ishlab topish usullariga bag‘ishlangan mavzularni yoritadi. O‘z hayotiga oid bloglari ham mavjud.

2. 25 yoshli Evan Fong bu yil 15,5 million dollar mablag‘ ishlab topdi. Uning 21 million nafar kuzatuvchilari mavjud. Turli o‘yinlarning unutilmas lahzalarini muntazam yoritib boradi. Shuningdek, o‘yinlar ishlab chiqarish hamda badiiy tasvirlar olish bilan shug‘ullanadi.

3. Dude Perfect jamoasi basketbol jamoasi sifatida ish boshlashgan va Ginnes rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan. Ya’ni, ularning sport mashqlari, turli-tuman tryuklarini kuzatuvchilar soni 24 milliondan oshgan. Buning evaziga esa jamoa yil davomida 14 million AQSh dollari ishlab topgan.

4. Mark Fischbach (Markiplier) nomli bu 28 yoshli bloger 54 million nafar kuzatuvchiga ega. Uning "Let's play video", ya’ni "keling, o‘yin o‘ynaymiz" nomli video lavhalarining o‘ziga xosligi shundaki, bu bloger o‘yin chog‘ida tinmay baqiradi va qichqiradi. Buning uchun esa reklama beruvchilaridan bu yil 12,5 million dollar mablag‘ olgan.

5. Logan Paul 22 yoshda va YouTube'da qiziqarli videolar e’lon qilib boradi. Uni 4 million nafar odam kuzatadi. U tasvirlarda o‘zini aktyor sifatida ham sinovdan o‘tkazib kelmoqda. Buning evaziga u joriy yilda 12,5 million dollar ishlab topgan.

6. Feliks Kjelbergni 58 million nafar yutuberlar kuzatishadi. Shvetsiyalik bloger o‘z blogida o‘yinlarni e’lon qilib boradi. OAV uni keskin fikr bildiruvchi shaxs sifatida e’tirof etgan. Feliks ham bu yil reklamalari hisobiga 12,5 million dollar mablag‘ olgan.

7. 22 yoshli Jeyk Paul 12 million nafar kuzatuvchisiga ega. Uning ishlagan mablag‘i 11,5 million dollar. Aktyor sifatida tanilgan bloger internetdagi muxlislari e’tiboriga o‘zi ishtirokidagi videolarni taqdim qilib kelmoqda.

8. YouTube'dagi "komediya qirollari"dan biri bu -- Smosh. 22 yoshli bu yigitning YouTube'dagi 6 kanalini 22 million nafar kuzatuvchi tomosha qilib boradi. Ularda to‘liq metrajli filmlar e’lon qilinadi. Bundan esa bu yil blogerning hisobiga 11 million dollar pul kelib tushgan.

9. Ryan ToysReview nomli blogda o‘yinchoqlar qadoqdan ochib ko‘riladi. Ularni 10 million nafar kuzatuvchi tomosha qiladi. Suratdagi bolakay va uning ota-onasi yangi o‘yinchoqlarni ochib, o‘zaro hazil-mutoyiba qilishadi. Buning uchun esa naq 11 million AQSh dollari mablag‘ topishadi.

10. Lili Singh vidoyelari, komedik chiqishlari bilan 12 million nafar yutuber o‘rtasida mashhur bo‘lgan. 29 yoshli bloger o‘zining lab bo‘yog‘ini hamda badiiy filmini taqdim qilishga ulgurgan. Bu bloger yiliga 10,5 million AQSh dollari topadi.

Guvohi bo‘lganingizdek, YouTube tarmog‘ida eng ko‘p haq oluvchi blogerlarning 10 nafari bir yilda$127 mln dollar ishlab topishadi. Mana sizga, chinakam xazinalar oroli. Siz ham bu to‘g‘rida bir o‘ylab ko‘ring.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!