Fransiya – Yevropaning eng innovatsiyalashgan davlati

Fransiya – Yevropaning eng innovatsiyalashgan davlati

Thompson-Reuters o‘tkazgan tadqiqotda dunyoning 100ta eng innovatsion korxona va tashkilotlari aniqlangan. Ro‘yxatdan Fransiyaning 10 kompaniyasi o‘rin olgan. Bundan Yevropadagi innovatsiya bo‘yicha yetakchi mamlakat Fransiya deb xulosa qilish mumkin. Undan oldingi o‘rinlarni Yaponiya va AQSh egallagan.

Innovatsion salohiyati yuqori fransuz korxona va tashkilotlari safiga Alcatel-Lucent, Alstom, Arkema, Safran, Saint-Gobain, Thales, Baleo hamda CEA, CNRS, IFP kiradi.

Reyting tuzishda mutaxassislar har bir mamlakatdagi patentlar soni, ma’qullangan patentlarning qayddan o‘tgan patentlar soniga nisbati, patentlarning geografik ko‘lami va qadr-qiymati kabi xususiyatlariga e’tibor berishdi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, avtomobilsozlik, farmatsevtika va kimyo sanoati shiddat bilan rivojlanmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!