Galaxy A turkumi smartfonlari yana bir flagmancha xususiyatga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  2030
  •  10.04.2018 16:45

Galaxy A turkumi smartfonlari yana bir flagmancha xususiyatga ega bo‘ladi

Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarini uch xil turkumda chiqarishidan xabaringiz bor. Bulardan Galaxy S seriyasi yuksak xususiyatlarga ega flagmanlar bo‘lsa, Galaxy A turkumi – o‘rta narxli, Galaxy J esa – hamyonbop telefonlardir.

O‘QING: Ilg‘or Galaxy A6 modeli sotuvga tayyor!

Lekin keyingi paytlarda janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy A seriyasidagi qurilmalariga ham flagman xususiyatlarini joriy etayotganiga guvoh bo‘layotirmiz. Ayrim manbalarga ko‘ra, Samsung endi ushbu turkumdagi smartfonlariga yana bir flagmancha jihatni tatbiq etmoqda.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Samsung ayni kunlarda diagonali 5,78 dyuymni tashkil etuvchi, burchaklari qayrilma AMOLED displey ustida ishlamoqda. Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, bu ekranlar Galaxy A7 2019 hamda Galaxy A8 2019 smartfonlariga qo‘yiladi. Garchi nomi keyingi yilga ishora qilayotgan esa-da, Samsung ushbu ikki modelni joriy yilning so‘ngidayoq namoyish etishini aytishmoqda.

Tabiiyki, kuchaytirilgan xususiyatlari bilan birga bu smartfonlarning narxlari ham ko‘tarilsa kerak. Hozirgacha bozorga taqdim etilgan Galaxy smartfonlarining aksariyatini esa yurtimizda ham xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Butun O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladigan Galaxy S9+ va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 2 aprel)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!