Galaxy A73'ning "ukasi" taqdim qilindi

Galaxy A73'ning

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘tgan oyda o‘zining Galaxy A seriyasidagi o‘rta darajadagi smartfonlarini taqdim qilgan edi va shundan deyarli bir oy o‘tib kompaniya yana bir byudjet smartfoni, Galaxy M53 modelini ortiqcha dabdalarsiz chiqardi. O‘z nomidan M53 modeli Galaxy A53 modelining arzonroq versiyasi bo‘lishi kerak edi, lekin uning xususiyatli deyarli Galaxy A73 bilan bir xil.

Samsung Galaxy M53 smartfoni shu seriyadagi ilk 108MP kamera sensorili model bo‘lib, u Infinity-O dizaynidagi, 6.7 dyuymli, 120Hz yangilanish tezligiga ega Super AMOLED Plus displey bilan keladi. Qo‘shimcha orqa kameralari 8MP va ikkita 2MP sensor bo‘lib, old kamerasi 32MP kamera sensori bilan ta’minlangan. Ushbu model MediaTek Dimensity 900 chipseti bilan birga keladi va bu uning Galaxy A73 dan ajaratib turadigan yagona muhim xususiyatlaridan biridir. Smartfon 6GB operativ, 128GB doimiy xotiraga ega va uni 1TB gacha qo‘shimcha microSD xotira bilan kengaytirish mumkin.

Galaxy M53 O‘zidan ikki avlod avvalgi M51 smartfonidan sezilarli daraja kam batareya sig‘imi, ya’ni 5000mAh hajmdagi quvvat manbaiga ega ushbu model 25W tezlikda USB-C porti orqali zaryadlanadi. Smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va unga ikkita SIM karta solish mumkin. Uning barmoq aniqlash sensorlari yon tomonida joylashgan va ushbu modelda ham simli naushnik uchun uya mavjud emas. Ushbu model 77.0 x 164.7 x 7.4 mm o‘lchamda bo‘lib, og‘irligi 176 grammni tashkil qiladi va u jigarrang, yashil, ko‘k ranglarda, Android 12 bilan keladi.

Afsuski, hozircha Galaxy M53 qaysi mamlakatlar uchun, qancha narxda rasmiy bozorga chiqarilishi noma’lum.

O‘QING: Galaxy smartfonlari uchun Android 13

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.