Galaxy J2 (2017): trafikni tejovchi hamyonbop 4G-smartfon taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  5349
  •  16.10.2017 11:35

Galaxy J2 (2017): trafikni tejovchi hamyonbop 4G-smartfon taqdim etildi!

Turli talablar va imkoniyatlarga ega iste’molchilarga moslab, Samsung kompaniyasi turli narx segmentlarida smartfonlar ishlab chiqarib kelayotganidan xabaringiz bor. Janubiy koreyalik gigant kuni kecha hamyonbop modellari qatorini Galaxy J2 (2017) bilan to‘ldirdi, deya xabar beradi FoneArena nashri.

2017 yilgi Galaxy J2 modeliga diagonali 4,7 dyuymlik, 960x540 pikselli Super AMOLED-displey o‘rnatilgan. U Samsung’ning o‘z mahsuloti – to‘rt yadroli Exynos 3475 protsessori bazasida ishlaydi. Smartfonning tezkor xotirasi 1 gigabayt, ichki xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega.

Ushbu devaysning asosiy o‘ziga xosligi – 4G tarmoqlarini hamda VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashidir. Shuningdek, Galaxy J2 (2017) proshivkasiga Ultra Data Saving ustqurmasi integratsiya qilingan, ya’ni u internet-trafikni siqish uchun Opera Max’dan foydalanadi.

Galaxy J2 (2017) smartfonining texnik xususiyatlari:

  • 4,7 dyuymli, 960x540 pikselli Super AMOLED-displey;
  • 1,3 GGs chastotada ishlovchi protsessor to‘rt yadroli Exynos 3475 protsessori;
  • 1 GB tezkor xotira;
  • 8 GB doimiy xotira + microSD qo‘yish imkoni;
  • f/2,2 diafragmaga ega 5 megapikselli asosiy kamera;
  • f/2,4 diafragmaga ega 2 megapikselli old kamera;
  • ikkita SIM-karta va LTE tarmog‘i;
  • 3,5 mm.lik audiotirqish;
  • 2 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • o‘lchamlari: 136,5 x 69,0 x 8,4 mm;
  • vazni: 130 gramm.

Galaxy J2 (2017) smartfoni hozircha faqat Hindiston bozori uchun taqdim etilgan bo‘lib, uning narxi 115 AQSh dollariga tengdir. Uning boshqa mamlakatlarda sotilishi xususida hozircha ma’lumotlar berilmagan.

Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida Samsung’ning ayrim smartfonlariga so‘mda (2017 yil 5 oktyabr holatiga ko‘ra) belgilangan narxlarni esa mana bu yerdan ko‘rib olishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!