Galaxy J5 Prime & J7 Prime: brendning hamyonbop-ommabop “egizak”lari

Galaxy J5 Prime & J7 Prime: brendning hamyonbop-ommabop “egizak”lari

Samsung Galaxy J – mobil telefonlar bozorining eng taniqli smartfon turkumi. Boisi, ushbu turkumdan taniqli firma brendi ostida hamyonbop va yaxshi jihatlarga ega smartfon modellari o‘rin olgan. Samsung 2016 yilning 2 ta yangi telefon modellarini — 5.00 dyuymli Samsung Galaxy J5 Prime hamda 5.50 dyuymli J7 Prime’ni taqdim qilgan edi.

Bu talqin bir oz avval — 2016 yilning mart oyida taqdim qilingan Galaxy J5 (2016) va Galaxy J7 (2016) smartfonlaridan katta farq qilmaydi. Misol uchun, ularning akkumulyator quvvati 500-600 mA soat kamroq, displeyi 2 dyuymga kamroq bo‘ladi. Ammo, Prime talqinida protsessor faoliyati bir oz samarali, qolaversa bu talqindagi qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 256 GB sig‘imli xotirani qo‘llab-quvvatlasa, Galaxy J5 (2016) va Galaxy J7 (2016)’da bu 128 GBni tashkil qiladi. Shuningdek, Prime talqinida NFC, ya’ni yaqin masofada aloqa o‘rnatish texnologiyasi mavjud emas. Ammo, unda barmoq izlari skaneri bor. Galaxy J5 (2016)’da esa bu sensor yo‘q.
Samsung Galaxy J5 (2016)’ning yana bir muhim jihati — old kamerasida ham fotochaqnoqning mavjudligi.

Qolgan jihatlari Galaxy J5 (2016) va Galaxy J7 (2016) bilan bir xil.

Samsung galaxy j7 prime

Dizayn va boshqaruv

Samsung Galaxy J5 Prime hamda J7 Prime telefonlari bir-biriga o‘xshab ketadi — dizayn yechimi, to‘liq metall korpus.

Metall korpusi evaziga Samsung Galaxy J5 Prime va J7 Prime smartfonlari pishiq va zamonaviy uslubga xos dizayndagi gadjet sifatida taassurot uyg‘otadi. Ular 167 va 143 gramm tosh bosadi. Gadjetlar qora va tilla rang talqinli korpuslarda bozorga chiqarilgan.

Har ikkala telefon apparatining old paneli tomonlari 2.5D effektli qayrilgan shisha bilan qoplangani bois, ular ko‘rinishidan qimmat smartfonlarni eslatib yuboradi.
Old panel quyisidagi bosh tugmada barmoq izlari skaneri mavjud. Tugmaning ikki tomonida virtual tugmalar mavjud.

Korpus o‘ng tomonida gadjetni ishga tushirish tugmasi, chap tomonida ovozni boshqarish tugmasi o‘rnatilgan. 3,5 mm.li audio tuynuk hamda quvvatlash uchun MicroUSB porti Samsung Galaxy J5 Prime va J7 Prime korpusining quyi qismidan o‘rin olgan. Samsung kompaniyasining ramzi har ikkala smartfonning orqa panelining yuqori qismidan o‘rin olgan.

Samsung Galaxy J7 Prime

Korpusning chap yonida nanoSIM-kartalar uchun 2 ta hamda qo‘shimcha xotira microSD-karta uchun 1 ta alohida, jami 3 ta bo‘lmacha ajratilgan.

O‘lchamlari: Samsung Galaxy J5 Prime: 142.80 x 69.50 x 8.10 mm;
Samsung Galaxy J7 Prime: 151.50 x 74.90 x 8.10.

Samsung Galaxy J7 Prime

Dasturiy ta’minot
Ikkala model ham zavoddan Android 6.0 operatsion tizimida chiqariladi. Uni yangilab olish mumkin. Quyida esa biz undagi muhim ilovalar xususida to‘xtalamiz.

Samsung Galaxy J5 Prime hamda J7 Prime’da quvvat taqsimotini nazorat qilish mumkin bo‘lgan S Power Planning tizimi hamda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydigan S Secure ilovasi mavjud.

Samsung Galaxy J7 Prime

Misol uchun, S Power Planning tizimida qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun zarur quvvatni oldindan zahiralab qo‘yish rejimi bor. Qolaversa, quvvatni tejash va quvvat tugab qolganida qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish (pereadresatsiya) qilish ham mumkin. Quvvatni tejash rejimi smartfondagi ba’zi funksiyalar faoliyatini vaqtincha cheklaydi va buning yordamida smartfon to‘liq quvvatining ishlash muddati 2 barobarga oshadi.

S Secure esa tizimda xavfsizlik hamda maxfiylikni ta’minlaydi. Misol uchun, uning yordamida zarur ilovalarni blokirovka qilish va bekitib qo‘yish, ma’lumotlarni shifrlash mumkin.

Samsung galaxy j5

Displey va platforma

Galaxy J7 Prime 5,5 dyuymli Full-HD (1080×1920 pikselli) IPS-displeyga ega. Ekran namoyishi yorqin va aniq. Hatto quyoshli yorqin kunda ham bu ekranda o‘qish yoki chatda suhbat qurish mumkin. J5 Prime HD sig‘imli (720×1280 pikselli) displeyga ega. U ham tasvirni yorqin va aniq namoyish etadi, quyosh nurlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Har ikkala ekran Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasiga ega.

Galaxy J7 Prime 1.6Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Exynos 7870 protsessoriga hamda sig‘imi 3 GB bo‘lgan tezkor xotiraga ega. 2 GB tezkor xotira o‘rnatilgan Galaxy J5 Prime esa chastotat tezligi 1,4 GGs bo‘lgan 4 yadroli protsessorda faoliyat ko‘rsatadi. Har ikkala smartfonning doimiy xotirasi 16 GB hamda ulardagi microSD bo‘lmachachi 256 gigabaytgacha bo‘lgan xotira fleshkasini qo‘llab-quvvatlaydi. Har ikkala gadjet 2 ta SIM kartani qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamera

Samsung Galaxy J7 Prime’da ham, Galaxy J5 Prime’da ham 13 megapikselli bosh kamera o‘rnatilgan. Uning diafragma standarti f/1.9 hamda svetodiodli fotochaqnoqqa ega. Shuningdek, J7 Prime 8 megapikselli, Galaxy J5 Prime 5 megapikselli selfi-kamera bilan ta’min qilingan.

J7 Prime bosh kamerasi yorug‘lik yaxshi sharoitda sifatli suratga oladi. Selfi ham yomon chiqmaydi. Galaxy J5 Prime bosh kamerasi esa detallarni muhrlashda bir oz oqsaydi. Ammo uning old kamerasi ham selfilarni yaxshi oladi.

Quvvat va sensorlar

Samsung Galaxy J5 Prime va J7 Prime’ning batareyasining elektr toki sig‘imi ham farqli: J7 Prime’da 3300 mA soat va J5 Prime’da 2400 mA soat.

Har ikkala gadjet oraliq-masofa, akselerometr va tashqi yorug‘lik darajasiga ko‘ra ekran yorug‘ligini sozlaydigan sensorlarga ega.

Xulosa

19 aprel holatida “Malika” savdo markazida Samsung Galaxy J5 Prime 1.2 million, J7 Prime 1.6 mln so‘mdan sotilmoqda. Pishiq-puxta yig‘ilgan metall korpusli, barmoq izlari skaneri mavjud, yorqin ekranga ega hamda yaxshi kamerali, S Power Planning va boshqa funksiyalar bilan ta’minlangan Samsung smartfoni uchun bu yomon narx emas.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 1.6 млн сўм Sotib olish
"Малика" савдо мажмуаси 1.2 -1.6 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!