Galaxy J7 Duo rasman taqdim qilindi

Galaxy J7 Duo rasman taqdim qilindi

Samsung bugun rasman yangi smartfon modelini taqdim qildi. Samsung Galaxy J7 Duo qo‘sh sensorli bosh kamerasi va HD displeyi, hamyonbop narxi bilan ahamiyatga ega.

5.5 dyuymli (1280 x 720 pikselli) HD Super AMOLED disley 2.5D shaklidagi qayrilma yonli himoya shishasi bilan qoplab olingan.

8 yadroli Exynos 7 protsessorining chastota tezligi 1.6 Ggs, ya’ni o‘rtacha. Smartfonga 4 gigabaytli tezkor va 32 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan.

Kamera masalasida Samsung Galaxy J7 Duo qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi bilan maqtana oladi: 13 megapikselli + 5 megapikselli datchiklarning yorug‘lik taqsimlaydigan linzasi f/1.9 standartli. Old kamera esa 8 megapiksel aniqligidagi surat oladi.

Smartfon kuch-quvvatiga tok sig‘imi 3 000 mA soat sig‘imli akkumulyator mas’ul.

Texnik jihatlar:
Ekran: 5.5 dyuymli (1280 x 720 piksel) HD Super AMOLED 2.5D shishasi yotqizilgan;
Protsessor: 1.6 Ggs tezligida ishlaydigan Exynos 7;
Xotira: 4 Gb tezkor va 32 Gb doimiy, micro SD orqali 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 8.0 (Oreo);
SIM-karta: qo‘shaloq;
Kamera: bosh kamera - LED fotochaqnoqli 13+5 Mp sensorlar, old kamera - LED fotochaqnoqli 8 Mp sig‘imli;
Barmoq izi skaneri: bor;
Audio tuynuk: 3.5 mm;
FM Radio: bor;
O‘lchamlari: 153.5 x 77.2 x 8.2mm, vazni: 174 gramm;
Aloqa: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), VHT80, Bluetooth 4.2, GPS;
Akkumulyator: 3000 mA soat, ajraladigan.

Samsung Galaxy J7 Duo qora va tilla rang korpuslarda ishlab chiqariladi. Smartfon 12 apreldan 260 AQSh dollari bahosida Hindistonda sotuvga chiqariladi.

Galaxy J7 Duo "J" turkumida muhim o‘zgarishni boshlab berdi. Xususan, qo‘sh sensorli bosh kamera foydalanuvchilarga taassurotli suratlar olish imkonini beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!