Galaxy Note 6: Samsung “perfeksionist”likda jamoatchilikka suyanmoqda

Galaxy Note 6: Samsung “perfeksionist”likda jamoatchilikka suyanmoqda

Samsung 2016 yana bir flagmani – Galaxy Note 6 ustida izlanishlar olib bormoqda. Uning to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlar tarqatilib, kompaniya ekspertlari ularga nisbatan jamoatchilikning fikrini o‘rganib chiqqan.

Galaxy Note 6 fabletining jihatlariga oid yangiliklarga nisbatan bildirilgan fikr-mulohaza, foydalanuvchilar munosabati ushbu mobil aloqa yaratuvchilari tomonidan o‘rganib chiqilganida ma’lum bo‘ldiki, mazkur smartfonda qo‘shimcha xotirani kengaytirish bo‘lmachasining yo‘qligi va gadjetning akkumulyatori ham korpusdan ajralmas bo‘lishi haqidagi xabarlar ko‘pchilikka ma’qul kelmagan. Shuningdek, uning akkumulyatorining elektr tokining sig‘imi Galaxy Note 4 fabletidan bor-yo‘g‘i 200 mA soatga ko‘proq bo‘lishi ham foydalanuvchilar tanqidiga sabab bo‘lgan.

galaxy-note-6

Smartfonning simsiz va tezkor quvvatlash funksiyasiga egaligi esa o‘ziga xos muhim jihat. Gadjet yaratuvchilari mazkur noroziliklarni o‘rganib chiqdilar va smartfonni shular asosida qayta takomillashtirishga kirishganliklari to‘g‘risida xabarlar mavjud.

Deyarli 6 dyuym va 4K turidagi displey uchun kuchli akkumulyator ham kerak bo‘ladi. Samsung’ning “Always On” faol displey funksiyasi ham qurilmada tatbiq etiladigan bo‘lsa, u har soatda 1% quvvatni “yeydi”. Shuni inobatga olib, ma’lum bo‘lishicha, Samsung injenerlari  Galaxy Note 6 fabletini 4000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlashmoqchi.

Internet nashrlarning mashhur “samsungshunos”larga tayanib tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, fablet IP68, ya’ni Galaxy S7 kabi suv va chang o‘tkazmas korpusga ega bo‘ladi.

galaxy-note-5

Avval xabar berilganidek, mobil aloqa qurilmasida ko‘z qorachig‘i skaneri, 6 GB tezkor xotira va 12 MP asosiy kamera mavjud bo‘ladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaning 250 GB doimiy xotirasi bo‘ladi.

Insayderlarning ma’lum qilishicha, kompaniya ayni kunda ikki talqindagi displeyga ega gadjetni sinovdan o‘tkazmoqda. Sinab ko‘rilayotgan 5,8-dyuymli AMOLED turidagi, QHD sig‘imiga ega displeylardan biri “qayrilma sohilli”, boshqasi esa oddiy tekis ko‘rinishda. Ishlab chiqarishda ulardan faqat bittasini kiritish rejalashtirilgan.

Fablet Snapdragon 823 yoki Exynos 8890 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Yevropa bozori uchun ishlab chiqariladigan Galaxy Note 6 qurilmasi Qualcomm’ning yangi  Snapdragon 820 SoC protsessoriga ham ega bo‘lishi mumkin.

Galaxy Note 5

Galaxy Note 5

Galaxy Note 6 fabletini kichraytirilgan noutbuk gibridiga o‘xshatish mumkinligi quloqqa chalinmoqda.

Galaxy Note 6’ning taqdimotini joriy yilning iyul oyida o‘tkazish rejalashtirilgan. Fabletga Android Marshmallow operatsion tizimi o‘rniga Google’ning yangi Android N platformasi tatbiq qilinishi kutilmoqda.

Uning taxminan 900 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. 2015 yilda namoyish qilingan Galaxy Note 5 esa ayni kunda 650 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!