Galaxy Note 7’ning reklama roligi ilk marta namoyish qilindi

Galaxy Note 7’ning reklama roligi ilk marta namoyish qilindi

Samsung yaqin kunlarda taqdimoti kutilayotgan Galaxy Note 7 flagman fabletiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida,Koreya televideniyelaridan birida taqdimot oldi reklama roligini namoyish qildi.

Reklama roligi navbatdagi flagmanning bir necha jihatlariga oydinlik kiritdi. Jumladan, unga ko‘ra yangi flagman nomida «6» raqamidan foydalanilmaydi va qurilma uzundan-uzoq maxfiy kalit yordamida ochilmaydi. Aniqrog‘i Samsung unda ko‘zning rangdor pardasini skaner qilish orqali tizimga kirishga ruxsat beradigan funksiyani joriy qilgan.

Shuningdek, muhandislar yorug‘lik past sharoitda ham o‘ta sifatli selfilar olish imkonini beradigan old kamera ustida izlanishlar olib borishgan.

Shuningdek, videoda cho‘kib ketayogan statsionar telefonlar Samsung Galaxy Note 7 suvga bardoshli korpusda ishlab chiqarilishiga ishora qilgan. Shu bilan birga, rolik qurilmaning S Pen qalamchasining suv va namga chidamliligi haqidagi gap-so‘zlarning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi.

Note turkumidagi fabletlarga xos yana bir yangi funksiya — ularda qo‘lda yozilgan qaydlarni tarjima qilish funksiyasi ham mavjud bo‘ladi. Shu tufayli ham rolikda Rus-Koreys tili lug‘atidagi “qoyilmaqom” degan so‘z alohida namoyish etib ketilgan.


Kutilayotganidek, Samsung Galaxy Note 7 fableti yon tomonga qayrilgan, 5,7 dyuymli, sig‘imi QHD (2560 x 1440 piksel) bo‘lgan sohil ekranlari bilan ta’minlanadi. Unga yaqindagina kashf qilingan Gorilla Glass 5 himoya shishasi qoplanadi. Fabletda bosh kamera 12 megapikselli, old kamera moduli esa 5 megapikselli bo‘ladi.

Flagmanda mintaqa va hududdan kelib chiqib, Snapdragon 820 yoki yana bir ilg‘or Exynos 8 Octa protsessorlari joriy qilinadi. Undagi tezkor xotira sig‘imi 4 GB bo‘ladi. Gadjetda 64 GB doimiy ichik xotira, shuningdek, microSD xotirani kengaytirish bo‘lmachasi bo‘ladi. Tezkor quvvat olishi uchun 3500 mA soat elektr toki sig‘imli akkumulyatorda USB Type-C turidagi portdan foydalanilgan. Fablet bilan birga uning qutisida micro-USB o‘tkazgichi ham taqdim etiladi.

Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining TouchWiz moslashtirilgan talqinida faoliyat ko‘rsatadigan fablet aloqaning 2G, 3G, 4G tarmoqlarida ishlaydi.

Fablet Yevropa smartfon bozoriga sentyabr oyining boshida 950 (S7 edge’dan 100 AQSh dollariga qimmat) dollardan sotuvga chiqariladi.
Smartfon taqdimoti yaqinlashib kelayotgan 2 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Samsung Galaxy Note 7 uchun ishlangan reklama rolikni tomosha qilish: 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!