Galaxy Note 7R aslidan $290 dollar arzonga sotila boshlandi

Galaxy Note 7R aslidan $290 dollar arzonga sotila boshlandi

Samsung yonib ketayotgani bois chaqirib olgan Galaxy Note 7 flagmani Galaxy Note 7R nomi ostida bozorga chiqarilmoqda.

Samsung hozircha Galaxy Note 7R fabletining savdoga chiqarilganini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa ham, Xitoyning bir qator internet do‘konlarida uni ko‘rish mumkin. Fablet $521 dollarga baholangan. Bu original — Samsung Galaxy Note 7’dan $290 dollarga arzon degani. Shuningdek, brendning yangi serhasham fableti uchun bu juda arzon baho.

Ekspertlarning fikricha, asl talqin bilan kelib chiqqan noxushliklar sababli, uni xarid qilishda odamlar avvaliga bir oz ikkilanadilar. Internetda tarqalgan suratlariga ko‘ra, ikkala smartfon talqinini farqlab turadigan yagona jihat mavjud — yangi talqinda smarftonning orqa paneliga «R» harfi tushirilgan. Shuningdek, Galaxy Note 7R’ga kichikroq — 3200 mA soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!