Galaxy Note 8 olov va tig‘ sinovidan o‘tkazildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1959
  •  09.09.2017 15:01

Galaxy Note 8 olov va tig‘ sinovidan o‘tkazildi! (+video)

Samsung’ning avgust oxirida namoyish etilgan fableti hozirda mobil qurilmalar orasida eng yetakchisi bo‘lib turibdi. Har holda, 12 sentyabrda iPhone 8 taqdimoti o‘tkazilguniga qadar shunaqa.

Kuni kecha Galaxy Note 8 gadjetini mustahkamligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazishdi. JerryRigEverything YouTube-kanali muallifi – Zak nikli foydalanuvchi uni tig‘ va olov bilan sinab ko‘rdi hamda buning videosini o‘z kanaliga joyladi.

Marhamat, o‘zingiz tomosha qiling:


Aytish kerakki, Galaxy Note 8 displeyi Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan muhofazalangan bo‘lib, tig‘ bilan oltinchi darajali bosimdagina tirnaldi. Qurilmaning stilusi – S Pen metalldan yasalgan, chaqnog‘i va kameraning ikkita tirqishi ham shisha ostida. Bu qismlar ham sinovga yaxshi bardosh berdi. Fabletning faqatgina barmoq izi skaneri hamda korpusning yon tomonlari tirnaldi.

Olov bilan sinab ko‘rilganida esa, o‘n soniyalik alanga sinovidan keyin ekrandagi piksellar «o‘ldi». Note 8 ancha ishonchli chiqdi va qo‘l bilan bukishga urinilganida sinmadi. Xullasi kalom, sinovchi Zak mazkur smartfondan ko‘ngli to‘lganini aytgan.

Ayni shu modelning ichini ochib ko‘rishgani haqidagi ma’lumotlar va bu jarayonning videosini esa mana bu maqolamizdan ko‘rib olishingiz mumkin.