Galaxy Note 8: reklama bukleti hammasini fosh qildi

Galaxy Note 8: reklama bukleti hammasini fosh qildi

Avstraliyaning Ausdroid resursi Samsung tomonidan taqdimoti kutilayotgan Galaxy Note 8 uchun ishlab chiqarilgan reklama bukletini internet tarmog‘ida tarqatib yubordi. Unda fabletga xos muhim funksiya va xususiyatlar nashr qilingan bo‘lgan.

Reklama bukletida nima deyiladi?

Yuqoridagi broshyurada aytilishicha, keyingi hafta namoyish qilinadigan smartfon avvaliga bozorga tilla hamda qora rangli talqinlarda sotuvga chiqariladi. Bu degani yangi -- "Deep Blue Sea", ya’ni devaysning dengiz rangli korpusidagi o‘ziga xos talqini keyinroq sotuvga chiqariladi.

Bukletda qayd etilgan, Galaxy Note 8 telefoniga xos muhim jihatlar — 6,3 dyuymli Infinity QHD + (1440x2960 pikselli) displey va S Pen «aqlli stilus».

Shu bilan birga, fablet yangicha texnologiyada ishlaydigan qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘lgan. F1.7 standartidagi optik linzaga ega bu kamerada 2 karralik yaqinlashtirish, optik barqarorlashtirish, ko‘z qorachig‘i hamda yuzni skaner qiluvchi funksiyalar tatbiq qilingan.

Galaxy Note 8 chang va suv ta’siriga bardoshlilik belgisib o‘lgan IP 68 guvohnomasiga ega bo‘lgan. Shuningdek, unda tezkor quvvat olish funksiyasi ham joriy qilinadi.

Galaxy Note 8 jihatlari:

SuperAMOLED matritsali 6,3 dyuymli ekran tomonlari 18,5:9 ga teng bo‘ladi. Shuningdek, ekran Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan bo‘ladi.

Fablet platformasida Qualcomm Snapdragon 835 chipi hamda +  Adreno 540 video-kartasi o‘rnatiladi. Shuningdek, uning Samsung Exynos 8895 chipi va Mali-G71 MP20 video-kartasiga ega talqini ham ishlab chiqariladi. Bu platforma ma’lumotni 10 nanometrli jarayonda qayta ishlaydi.

Galaxy Note 8 telefoni 6 GB tezkor, 64 (+microSD) doimiy xotira bilan ta’minlanadi.

Bosh kamera: 12 megapikselli  qo‘sh sensorlar: keng burchak ostida suratga oluvchi sensor (f1.7 diafragmali) + teleob’yektiv (f2.4 diafragmali).

Old kamera: avtofokus tizimiga ega 8 megapikselli sensor. Optik linza hajmi -- f1.7.

Akkumulyator: 3300 mA soat.

Operatsion tizim: Android 7.1.1 Nougat.

O‘lchamlari: 162,5 mm x 74,6 mm x 8,5 mm.

Bu ma’lumotlar qanchalar to‘g‘ri?

Broshyurada qayd etilishicha, devays Samsung'ning Smart Switch ilovasi bilan birga sotuvga chiqarilishi yozilgan. Bu ilova eski qurilmadagi barcha ma’lumotlarni osonlik bilan yangi fabletga o‘tkazish imkonini beradi. Bu Samsung'ga xos yondashuv va taklif. Taqdimotga bir necha kun qolganda kimningdir bunday soxta bukletlarni tarqatishga hafsala qilishi qiyin.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 8 gadjeti 23 avgust kuni taqdim qilinadi va keyingi kun sotuvga chiqadi.

Galaxy Note 8 Samsung tarixidagi eng qimmat smartfon bo‘ladi. Uning bahosi Koreyada 1000 dollar, Yevropada 1100 dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Avvalgi gadjetlarning narx-navosini hamda Samsung Galaxy Note 8'ning kutilayotgan narxlarini hisobga oladigan bo‘lsak, fablet yurtimiz bozorlarida kamida 1,100 AQSh dollaridan boshlab sotiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!