Galaxy S10 qiyofani xuddi iPhone X kabi taniydi

  •   DiMaX
  •  1601
  •  17.03.2018 11:13

Galaxy S10 qiyofani xuddi iPhone X kabi taniydi

Samsung Electronics kompaniyasining navbatdagi flagmanida foydalanuvchi yuzini 3D tarzida tanib olish funksiyasi joriy etiladi. U xuddi iPhone X superflagmanidagi Face ID kabi ishlaydi, deb yozadi The Bell nashri.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 qanday bo‘ladi?

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S10 modeli uchun 3D-kamera moduli va zarur dasturiy ta’minot ustida Isroilning Mantis Vision startapi hamda Namuga kompaniyasi hamkorlikda ishlamoqda.

Namuga kompaniyasi janubiy koreyalik texnogigantning boshlang‘ich darajadagi smartfonlari, jumladan, Galaxy A va J turkumlariga mansub modellari uchun kamera modullari yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u Intel RealSense to‘ldirilgan borliq kameralarini ham yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ta’kidlash kerakki, Samsung’ning so‘nggi flagmanlari – Galaxy S9 va S9+ smartfonlarida old kameralar foydalanuvchini yuzidan tanish uchun 2D tarzida skanerlaydi. Shu bilan birga, unda ko‘z yoyi skaneri ham baravar ishlay oladi.

O‘QING: Mutlaqo romsiz Samsung Galaxy X’ning ilk videosi va suratlarini tomosha qiling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!