Galaxy S10'dagi kamchilik tuzatiladimi? Samsung nima dedi?

Galaxy S10'dagi kamchilik tuzatiladimi? Samsung nima dedi?

Britaniyalik foydalanuvchi Liza Neilson o‘zining Samsung Galaxy S10 smartfonida xavfsizlik borasida muammo borligini bilib qolishi bilan barcha S10 va Note10'larning kamchiligi oshkor bo‘ldi. Bu haqda sal ilgariroq xabar bergan edik.

Ushbu muammoga e’tibor qaratgan Samsung tizimdagi xatolik o‘rganib chiqilishini ma’lum qilib, foydalanuvchilarga rasmiy ekran himoyalagichlardan foydalanishni maslahat bergani haqida ham to‘xtaldik. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, "Uch yulduz"dagilar tez orada ushbu kamchilikni hal qilishga va’da berdi. Aytilishicha, qurilmalarga tizim yangilanishi jo‘natiladi.

Kompaniya muammo qachon hal qilinishini aniq aytmadi, lekin yangilanish kelgunga qadar qurilmani xavfsiz saqlash uchun PIN koddan yoki paroldan foydalanishingizni maslahat beramiz. Yuzga ochish esa barmoq izi autentifikatsiyasidek ishonchli emas.

O‘QING: Samsung Galaxy A91 qaysi chipda ishlaydi? Qancha tezlikda quvvatlanadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!