Galaxy S7 va S7 Edge flagmanlarida ekran aniqligini kamaytirish mumkin bo‘ldi

Galaxy S7 va S7 Edge flagmanlarida ekran aniqligini kamaytirish mumkin bo‘ldi

Hi-Tech.Mail.Ru nashrining xabar berishicha, Android 7.0 versiyasiga yangilangan  Galaxy S7 va S7 Edge flagmanlarida ekran aniqligini tushirishga xizmat qiladigan funksiya paydo bo‘lgan.

Samsung kompaniyasining so‘nggi flagmanlariga 2K yoki QHD (2560x1440 piksel) aniqligidagi displey o‘rnatilgan. Biroq yangilashdan keyin uning aniqligini Full HD (1920x1080) yoki HD (1280x720) formatiga tushirish mumkin bo‘ldi.

Bunday funksiyaning qo‘shilishidan maqsad batareya sarfini kamaytirishdir. Chunki ekran smartfondagi batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydigan komponentlardan biri hisoblanadi. Eng qizig‘i, ko‘plab foydalanuvchilar ekran aniqligin kamaytirgach hech qanday farqni sezishmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!