Galaxy S8’dan 2 hafta foydalangach, iPhone 7 egasi qaysi smartfonda qolishini aytdi

Galaxy S8’dan 2 hafta foydalangach, iPhone 7 egasi qaysi smartfonda qolishini aytdi

Galaxy S8 – muvaffaqiyatsiz smartfondan so‘ng Samsung’ni umidsizlik girdobidan olib chiqqan flagman. Kompaniya bu flagman smartfoni bilan old paneli romdan butkul xoli jahondagi ilk mobil aloqa vositasini taqdim etishga erishdi. Koreyalik ishlab chiqaruvchining jozibador dizaynga ega Galaxy S8+ flagmanini taniqli IT-jurnalist Zak Ekshteyn foydalanib ko‘rdi fikrlarini bayon qildi.

Galaxy S8’ning iPhone 7’dan jiddiy ustunligi bor: AMOLED-ekrani bilan u so‘zsiz g‘olib. Albatta, iPhone 7 Plus tasvirni aniq-tiniq aks ettirishda jahonda yetakchi. Biroq, Galaxy S8+ bilan solishtirganda “Olma” mahsulotining o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolganday bo‘ladi.  Biroq, yanayam muhimrog‘i — Samsung nazariy jihatdan imkonsiz qulaylikni amalga oshirgan: 6,2 dyuym diagonalli ixcham smartfon tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan.

«To‘g‘ri, Galaxy S8 jozibadorligi bilan iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus’ni dog‘da qoldiradi. Qayrilma yonlarga ega displey hamda  orqa panelning nafis birikuvi kelajakka xos. Bir muddat Galaxy S8’dan foydalanib yana qadrdon iPhone 7 Plus modelidagi smartfonimni qo‘lga olishimni yassi ekranli zamonaviy televizordan so‘ng yana lampali televizorga qaytishga qiyoslash mumkin», – deydi Epshteyn.

Samsung Galaxy S8 birgina yagona g‘oya atrofida bunyod etilgan  — romsiz telefon yaratish. Shu bois ham, Samsung qoyilmaqom dizayn hamda serhasham ekranli smartfon yaratishga erishgan. Biroq, S8 jiddiy raqib sifatida iPhone qurilmasiga qarshi maydonga tushsa, natija Samsung’ni xursand qilmasligi mumkin.

«Galaxy S8 boshqa Android-smartfonlardan ko‘ra yaxshiroq va qulay interfeys tizimi ishlaydi. Ayniqsa, so‘nggi — Samsung Experience talqini qulayliklarga yanada boy. Ammo, Nougat – bu iOS emasda! Galaxy S8 esa shu uchun ham iPhone bo‘la olmaydi, – deydi jurnalist. – Galaxy S8+ bilan o‘tgan 2 haftalik sinovdan so‘ng iPhone 7 Plus – har jihatdan ayni paytda sayyoramizdagi eng yaxshi smartfon degan qarorga keldim».

iPhone 7 Plus’ning Galaxy S8’dan 5 ustun jihatlari:

1. Operatsion tizim. iOS tezkorlik va samaradorlikda Android’dan ustun. Hattoki yangilangan Samsung Experience talqinida ham. Misol uchun, “Olma” qurilmalarini bir-biri bilan bog‘laydigan Apple Continuity tizimi o‘zining analogi bo‘lmish Samsung Connect’dan ko‘ra tez va oson ishlaydi.

2. Ilova. iOS ilovalari Android ilovalariga qaraganda xavfsiz va ishonchli. Aftidan, dastur yaratuvchilari doim ham Google qoidalariga amal qilishmaydi va shu tufayli ulardan foydalanishda muammolar kuzatiladi. iOS ilovalari esa barqaror ishlashi bilan ishonchni qozongan.

3. Samarali faoliyat. To‘g‘ri, ko‘pchilik benchmarklar yangi geleksi tezkor ishlashda so‘nggi ayfonni ortda qoldirdi, degan gap-so‘zlar quloqqa chalindi. Biroq, real vaziyatda iPhone 7 Plus osonlik bilan Galaxy S8’ni mag‘lub qilishi mumkin. Android hattoki jahonning hozircha eng kuchli Snapdragon 835 protsessori bilan ham iOS’ga bas kelishi qiyin. Shuningdek, “Olma” korporatsiyasi ham protsessoridagi yadrolar sonini oshirsa, Snapdargon 835 ham oldida ip esha olmaydi.

4. Quvvat sarflash va faoliyat ko‘rsatish vaqti. iPhone 7 Plus to‘liq quvvat bilan faoliyat ko‘rsatish va quvvatni to‘g‘ri sarflashda Galaxy S8’dan ustun.

5. Xizmat ko‘rsatish. Jahonning hech bir yerida mobil qurilmalariga Apple’chalik sifatli xizmat ko‘rsatadigan brendning servis markazlarini topish mushkul.

Qolaversa, Galaxy S8 o‘ta nozik va kichik ehtiyotsizlik ham uning shisha korpusiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Yana bir bahli jihati – ikkinchi stereo-dinamikning yo‘qligi. Natijada, ovozni faqatgina mono-rejimda tinglash mumkin.

Qolaversa, barmoq izlari skaneri juda noqulay ravishda orqa panelning bir chekkasiga joylashtirilgan. Ko‘z skaneri va qiyofani taniydigan funksiya yaxshi, biroq ko‘z skaneri telefonni sekin blokirovkadan chiqarsa, yuzni taniydigan rejimni surat bilan ham oson aldash mumkin.

«Ko‘pchilik smartfon foydalanuvchilari Android hamda Google tizimlariga bog‘lanib qolishgan. Bular uchun Galaxy S8 eng munosib tanlov. Google’ning aksariyat xizmatlari ayni paytda iOS tizimida ham ishlaydi, biroq ular iPhone qurilmasiga tubdan integratsiya qilinmagan. Bu — ayfonning kamchiligi. Umumiy taassurot va o‘ziga xoslik jihatidan g‘olib bitta – Samsung Galaxy S8, biroq iPhone 7 Plus qirol sifatida hozircha o‘z o‘rnida qoladi».