Galaxy S8 foydalanuvchi qiyofasini 0.01 sekundda aniqlaydi

Galaxy S8 foydalanuvchi qiyofasini 0.01 sekundda aniqlaydi

Samsung kompaniyasining kutilayotgan Galaxy S8 mobil telefonidagi ko‘zning rangdor pardasi skaneri juda tezkor ishlamasligi mumkin, biroq undagi foydalanuvchi yuz qiyofasi skanerining o‘ta tez va aniq faoliyati diqqatga sazovor. Bu xabar Apple keyingi iPhone avlodi uchun yuz qiyofasini aniqlash texnologiyani yaratayotgani to‘g‘risidagi xabarlardan keyin tarqalgani yanada e’tiborliroq.

Janubiy Koreyaning The Investor biznes yangilklari tarmog‘ining ma’lum qilishicha, Galaxy S8 kuchli xavfsizlik tizimiga ega bo‘lib, unga ko‘z pardasi hamda barmoq izlari skaneri bilan birga, egasining yuzini ham taniydigan biometrik himoya skaneriga ega bo‘ladi.

Mahalliy Korea Economic Daily gazetining guvohlik berishicha, ishlab chiqaruvchi ayni paytda ushbu texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Samsung vakilining nashrga ma’lum qilishicha, ko‘z pardasi skanerining sekin ishlashi tufayli kompaniya qiyofani aniqlash tizimini ham joriy qilgan. Yangi tizim 0.01 soniya ichida foydalanuvchini tanib oladi va tizimni blokdan chiqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelayotgan 29 mart kuni taqdimoti kutilayotgan innovatsion S8 romdan xoli, Super AMOLED ekran hamda kuchli Snapdragon 835 protsessori, simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlanadi.