Galaxy S8 modelining haqiqatga yaqin suratlari oshkor qilindi

Galaxy S8 modelining haqiqatga yaqin suratlari oshkor qilindi

Garchi Samsung kompaniyasining navbatdagi flagmani Galaxy S8 modelining taqdimotiga hali bir necha oy vaqt bo‘lsa-da, tarmoqda unga oid turli xil tafsilotlar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, o‘zining insayderlik xabarlari bilan yaxshi tanilgan Evan Blass Galaxy S8 flagmaniga tegishli suratni o‘zining VentureBaet resursiga joyladi. Uning aytishicha, flagman taqdimoti 2017 yilning 29 mart kuni o‘tkaziladi. Samsung yangi flagmanning 5,8 va 6,2 dyuymli versiyalarini tayyorlamoqda.

Android Soul nashrining qayd etishicha, flagmanga Snapdragon 835 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. 5,8 dyuymli versiya 899 yevro narxida sotuvga chiqariladi, 6,2 dyuymli versiya esa undan 100 yevroga qimmat bo‘lishi ma’lum qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.