Galaxy S9'ning qanchaga qimmat bo‘lishi aytildi

Galaxy S9'ning qanchaga qimmat bo‘lishi aytildi

Janubiy Koreya nashrlarida Samsung'ning o‘zini oshkor qilishni istamagan vakili tomonidan aytilgan quyidagi fikrlar chop qilindi.

"Galaxy S9 flagmanida smartfon sanoati uchun yangilik bo‘ladigan o‘ziga xos biror innovatsion funksiya joriy qilinmasa ham, biz uning eng ilg‘or dasturiy ta’minot tizimiga ega bo‘lishi uchun harakat qilyapmiz".

O‘qingKoreyada Galaxy S8 yangi talqinda taqdim qilindi, iPhone X savdosi oldidan!

Shu bilan birga, Samsung an’anaga ko‘ra Galaxy S9'da ham 9: 18,5 nisbatli dizayndagi ekranni saqlab qolishi ma’lum bo‘lgan. Smartfon Samsung ishlab chiqargan yap-yangi Exynos 9810 chipida ishlaydi. AQSh da sotiladigan talqin Snapdragon 845 protsessoriga ega bo‘ladi.

Qolgan jihatlar to‘g‘risida quyida o‘qing.

Galaxy S9 kamerasi sekundiga 1000 kadrdan iborat sekinlashtirilgan video tasvirga olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya bir muddat avval 2 yangi kamera sensorini ham e’lon qildi. Ularning yangi flagmanda tatbiq qilinishi kutilmoqda. Shu taxlit, S9 keyingi yilning eng yaxshi kamerofoni bo‘lishi mumkin. Boisi, undan bir qadam orqada bo‘lgan Note 8 allaqachon bu borada iPhone X bilan orani ochiq qilgan.

O‘qingDunyoni qutqaradigan 5 yangi texnologiya

Koreys ommaviy axborot vositalarining yozishlaricha, Galaxy S9 2018 yilda Barselonada o‘tadigan Mobile World Congress anjumanida taqdim qilinadi. Ya’ni, namoyishning taxminiy sanasi 25 fevral. Aytish joizki, Galaxy S8 aprelda taqdim etilgan edi. iPhone X bilan o‘rtadagi raqobat kompaniyani faolroq bo‘lishga majbur qilmoqda.

Galaxy S9 "uch qatlamli" laminatsiyalangan kamera modullari hisobiga Galaxy S9'dan $60-90 dollar qimmatroq bo‘ladi, deb yozadi Business Korea nashri.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!