Galaxy S9'ning rasmiy suratlari tarqatilmoqda

Galaxy S9'ning rasmiy suratlari tarqatilmoqda

Samsung kompaniyasi o‘zining hamkorlariga Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagmanlariga oid ma’lumotlarni, shuningdek mazkur modellar aks etgan rasmiy suratlarni jo‘nata boshladi. Jumladan, mobil qurilmalar uchun g‘iloflar va plyonkalar tayyorlaydigan Dbrand kompaniyasining saytida bo‘lajak flagmanlarning quyidagi surati e’lon qilingan.

Suratda aks etgan jozibador Samsung Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlarini har tarafdan ko‘rish mumkin. Janubiy koreyalik korporatsiyaning chinakam ishqibozi bu telefonlarning ko‘rinishidan avvalgi -- Galaxy S8 va S8+ flagmanlaridan fraq qilmasligini darrov anglab yetadi.


Orqa panelni hisobga olmaganda, deyarli o‘zgarish yo‘q. Korpusning orqa qismida kamera va uning ostida barmoq izi skanerini ko‘rish mumkin. Galaxy S9+ flagmanining bosh kamerasida esa qo‘sh sensordan foydalanilgan.

Flagmanlar korpusi ham old, ham orqa tomondan shishadan tayyorlangan. Faqat asosiy sinch, ya’ni karkas metalldan tayyorlangan. Samsung kompaniyasining yangi flagmanlaridagi ekranlar o‘lchami ham avvalgidek saqlab qolingan. Shunday bo‘lsa ham, texnik takomillashuv barchani xursand qiladi.

Gadjetlar Qualcomm Snapdragon 845 yoki firmaning Samsung Exynos 9 chipiga ega bo‘ladi. Ularning har ikkalasi 8 yadroli va teng salohiyatli.

Galaxy S9 modeli 5,8-dyuymli Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) ekran, 12 megapikselli, Dual Pixel texnologiyasiga ega bosh kamera, 4 Gbayt operativ xotira, 64 Gbayt sig‘imli va UFS 2.1 standartli flesh-modul, tok sig‘imi 3000 mA·soat akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Galaxy S9+ apparati 6,2 dyuymli, Quad HD+ sig‘imli displeyem, 12 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kamera (f/2,4 — f/1,5) va 6 Gbayt tezkor, 128 Gbayt doimiy xotiraga, 3500 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.

Telefon apparatlarining qolgan jihatlari bir xil: 8 megapikselli old kamera, stereodinamiklar, Wi-Fi 802.11ac (2,4/5 GGs) hamda Bluetooth 5 LE adapterlari, microSD bo‘lmachasi, GPS/GLONASS modullari, USB 3.1 porti, NFC va MST modullari. Smartfonlar korpusi chang va suvdan himoyalangan.

Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagman smartfonlarining taqdimoti shu yilning 25 fevralida — Ispaniyada o‘tadigan MWC 2018 xalqaro mobil anjumanida bo‘lishini rasman e’lon qilgan. Samsung Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagman smartfonlarining 890 dollardan boshlab, 1100 AQSh dollarigacha sotilishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!