Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 3. Kameraga integratsiyalashgan Bixby imkoniyatlari (+video)

  •   DiMaX
  •  1273
  •  28.02.2018 14:07

Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 3. Kameraga integratsiyalashgan Bixby imkoniyatlari (+video)

Samsung kompaniyasi yaqindagina taqdim etgan Galaxy S9 va S9+ smartfonlari o‘tgan yilgi «ajdod»laridan nimasi bilan farqlanadi? Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida, janubiy koreyalik texnogigant «to‘qqizinchi galaktika»ning afzal jihatlarini aks ettiruvchi to‘qqizta qisqa rolik e’lon qilgan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 1. Gorilla Glass 5 himoyali Super AMOLED displey (+video)

Samsung smartfonlariga Bixby «aqlli» ovozli yordamchisi Galaxy S8 modelidan joriy etila boshlagan. Flagmanning to‘qqizinchi avlodida esa uning funksionalligi yanada oshirilgan. Jumladan, u Galaxy S9’ning kamerasiga ham chuqur integratsiya qilingan.

Ko‘rib turganingizdek, Bixby kamera orqali «o‘qib», matnlarni sinxron tarjima qila oladi. Natijani esa u to‘ldirilgan borliq tarzida aks ettiradi.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 2. Dolby Atmos effektli AKG stereodinamiklari (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!