Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 4. Soniyada 960 kadr tezligida slow-mo video oluvchi kamera (+video)

  •   DiMaX
  •  1223
  •  28.02.2018 14:40

Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 4. Soniyada 960 kadr tezligida slow-mo video oluvchi kamera (+video)

Janubiy koreyalik texnogigantning «to‘qqizinchi galaktika» flagmanlari tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘tgan yilgi Galaxy S8 va S8+ modellariga juda o‘xshash. Ammo bu yilgi smartfonlarning bir qancha afzalliklari bor va Samsung shulardan eng muhimlarini ko‘rsatish maqsadida to‘qqizta qisqa videolavha tayyorlagan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 2. Dolby Atmos effektli AKG stereodinamiklari (+video)

Ishlab chiqaruvchi Galaxy S9 va S9+’ning kamerasiga jiddiy ahamiyat bergan – ularning foto va video suratga olish imkoniyatlari juda katta.

Samsung’ning to‘qqizinchi avlod flagmanlari egalari soniyasiga 960 kadr tezligida, tag‘in 720p sifatida video tushirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa, shu paytgacha bozorga chiqarilgan har qanday smartfon imkoniyatlaridan kamida to‘rt baravar yuqori ko‘rsatkichdir! Bunaqa sekinlashtirilgan – «slow-mo» tarzidagi lavhani GIF-animatsiyaga aylantirish va gadjet ekraniga oboy sifatida joylash ham mumkin.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 3. Kameraga integratsiyalashgan Bixby imkoniyatlari (+video)