Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 5. Har qanday yorug‘lik sharoitida ham ajoyib kadrlar! (+video)

  •   DiMaX
  •  1173
  •  28.02.2018 16:32

Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 5. Har qanday yorug‘lik sharoitida ham ajoyib kadrlar! (+video)

Samsung kompaniyasining Galaxy S9 hamda S9+ modellari, garchi dizayni jihatidan o‘tgan yilgi flagmanlarga juda o‘xshasa-da, farqlari ham bisyor. Janubiy koreyalik texnogigant ularning eng ahamiyatlilarini to‘qqizta videorolikda bittama-bitta ko‘rsatib bergan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 3. Kameraga integratsiyalashgan Bixby imkoniyatlari (+video)

MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etmasidan avval, Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlari taqdimoti uchun rasmiy taklifnoma tarqatgan, unda bu gadjetlarning kamerasiga asosiy e’tiborni qaratgan edi. Bu bejiz emasligiga kompaniya e’lon qilgan quyidagi kabi lavhalarda ham guvoh bo‘lishimiz mumkin:

Ta’kidlanganidek, to‘qqizinchi avlod flagmanlarining kamerasi diafragmaning ikki xil rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Bular – yorqin quyosh nurlari ostida eng maqbul suratlar olish uchun f/2,4 aperturali hamda yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda aniq rasmga tushirish uchun f/1,5 aperturali rejimlardir.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 4. Soniyada 960 kadr tezligida slow-mo video oluvchi kamera (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!