Galaxy S9 taqdimotiga tayyorlangan video tarqalib ketdi

Galaxy S9 taqdimotiga tayyorlangan video tarqalib ketdi

Samsung Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagman smartfonlarining taqdim etilishiga sanoqli soatlar qolganida internet tarmog‘ida ular aks etgan 3 daqiqalik rasmiy video rolik tarqalib ketdi.

Quyida Samsung Galaxy S9 hamda uning yuqori talqini ega bo‘ladigan jihatlar tasvirlangan video rolikni tomosha qiling.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qualcomm Snapdragon 845 yoki firmaning Samsung Exynos 9 chipi bilan flagmanlar jahonning eng kuchli flagmanlariga aylanishadi.

Uch daqiqalik videoda guvohi bo‘lganingizdek, yangi smartfonlar kamerasi takomillashgan, ekran yorqinlashib, flagmanlarda real voqelik texnologiyasi joriy qilingan. Smartfonlar chang va suv ta’siridan qo‘rqmaydilar.

Rolikning so‘nggi qismida aks etishicha, Samsung Galaxy S9'ning maxsus Enterprise Edition — tadbirkorlar hamda tijoratchilar uchun maxsus talqini ishlab chiqariladi. Bu talqin to‘rt yil mobaynida axborot va ma’lumotlarni himoya qiladigan xavfsizlik tizimlari bilan ta’minlanadi.

Galaxy S9 modeli 5,8-dyuymli Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) ekran, 12 megapikselli, Dual Pixel texnologiyasiga ega bosh kamera, 4 Gbayt operativ xotira, 64 Gbayt sig‘imli va UFS 2.1 standartli flesh-modul, tok sig‘imi 3000 mA·soat akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Galaxy S9+ apparati 6,2 dyuymli, Quad HD+ sig‘imli displeyem, 12 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kamera, 6 Gbayt tezkor va 128 Gbayt doimiy xotiraga, 3500 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan.

Galaxy S9+ qo‘sh modulli bosh kameraga ega bo‘ladi. Standart talqinda esa bosh kamera bir modulli.

Galaxy S9 smartfoni ega bo‘ladigan Sony IMX345 sensori 12 megapiksel aniqligida va fotosensor 1/2,55 o‘lchamida, shuningdek yorug‘lik taqsimlaydigan moslama bugungi kun uchun rekord darajada ilg‘or, ya’ni f/1.4 standartli.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!